25-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari hamda iqtisodiy kompleks mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda “Sayxunobod tajribasi” asosida mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

14-mart kuni Sirdaryoda o‘tgan yig‘ilishda prezident mazkur tajriba butun respublikada ommalashtirilishini aytgandi. Unga ko‘ra, Sayxunobodda ilk bor yangi tajriba: mahallalarning har biriga bittadan mini traktor, 4 tadan motokultivator olib berilgan. Hokim yordamchilari “1 sotix tomorqadan kamida 1−2 million so‘m daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi, agronomlar bilan birga ushbu texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi.

водий viloyatlari, prezident, сайхунобод tajribasi, tomorqa, ҳоким yordamchilari

водий viloyatlari, prezident, сайхунобод tajribasi, tomorqa, ҳоким yordamchilari

“Vodiy viloyatlarida aholi zich yashaydi. Har qarich yer qadrli. Mirishkorlar yerdan foydalanishning hadisini olgan. Hunarmandchilik, tadbirkorlik yaxshi rivojlangan. Shu bilan birga, mahallalarda ishsizlar, ehtiyojmandlar ham bor”, — dedi prezident.

Davlat rahbari mahallalarga hokimlik va barcha iqtisodiy idora xodimlari biriktirilayotgani, ular xonadonlarda bo‘lib, imkoniyatlarini tahlil qilishini aytdi.

“Tomorqasi bo‘lsa, undan samarali foydalanish, daromadini 60−70 million so‘mga olib chiqish bo‘yicha namuna yaratadi. Hunarmandlikka uquvi borlarga xomashyo, uskuna va aylanma mablag‘dan yordamlashiladi. Tadbirkorlik istagi bo‘lsa, biznes loyihalar qilib beriladi”, — deyiladi xabarda.

Bunda tijorat banklaridan ham faollik ko‘rsatish kutilmoqda. Ya’ni ular, avvalo, o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalar negizida qo‘shimcha ish o‘rinlari ochilishini qo‘llab-quvvatlashi lozim.

Keltirilishicha, bu mablag‘lar yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha mahsulotlar, aholining xarid qobiliyati orqali oxir oqibat iqtisodiyotga tushum bo‘lib qaytadi.

Shuningdek, yig‘ilishda xonadonlarda kichik qayta ishlashlarni tashkil etish, odamlarni mahsulot ishlab chiqarishga o‘rgatish, kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirish vazifasi qo‘yildi. Tomorqalarda va dehqonchilik uchun ajratilgan yerlarda sarxil meva-sabzavotlar yetishtirib, eksport qilish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik orqali ro‘zg‘orlarga baraka kiritish mumkinligi ta’kidlandi.