26-mart kuni soat 23:00 dan 00:00 ga qadar “Chilonzor” yo‘nalishining “Olmazor” — “Yangihayot” (4-bekat) bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati bir tomonlama (chelnok) tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar qildi.

Qayd etilishicha, metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha rejadagi profilaktik ishlarni bajariladi. Bu davrda oraliq vaqt intervallari saqlanadi.

Shuningdek, “Yangihayot” va “Chinor” (5-bekat) bekatlari oralig‘ida bu vaqt davomida bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.