Xorazm viloyati Xiva tumanida 2 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yildan ko‘proqqa qamaldi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Qayd etilishicha, voqea 2023-yilning 15-dekabr kuni tumanning Atajon To‘ra mahallasidan o‘tgan Xiva-Yangiariq yo‘lida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan Cobalt haydovchisi yo‘l chetidagi 3 nafar voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan, ularning 2 nafari (Hasan va Husan) voqea joyida halok bo‘lgan.

mast haydovchi, qamaldi, xiva, yth

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi, 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tumani sudida haydovchi uzil-kesil 3 yilga transport vositalarini haydash huquqidan mahrum etilib, 9 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilindi.

“To‘yga borib, spirtli ichimlik ichib, rulga o‘tirib, do‘stim bilan uyga qaytishimda yo‘l chetidagi ikki bolani urib yuborganman. Keyin voqea joyidan ketib qolganman. Qilgan ishim uchun pushaymonman”, — dedi haydovchi.