O‘zbekiston prezidenti energetika tizimini yozgi mavsumga tayyorlash masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi iste’moli keskin oshadigan yoz fasli uchun O‘zbekistonda energiya ta’minotiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Hokimlarning kutilayotgan yuklama hajmini qoplash yuzasidan hisob-kitoblari yo‘qligi tanqid qilindi.

Toshkent rahbarlari ota-onalardan farzandlariga har kuni hech bo‘lmasa 10 daqiqa vaqt ajratishlarini so‘radi

Toshkent hokimi v.b., prokurori, IIBB boshlig‘i va soliq boshqarmasi rahbari (shaharning “to‘rt sektor” rahbarlari) ota-onalarni bolalarga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirib, o‘z yordamlarini taklif qilishdi: “Biz doimo siz bilan yelkadoshmiz”.

XDP Ulug‘bek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida ma’qulladi

Xalq demokratik partiyasidan partiya raisi Ulug‘bek Inoyatov prezidentlikka nomzod sifatida Qurultoyda ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.

“Adolat” partiyasi Robaxon Mahmudovani prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqda.

Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlari to‘xtatib turiladi — Oliy sud

Sudyalar oliy malaka hay’ati “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘ladigan O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Shavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka ko‘rsatishni ma’qulladi

Partiyaning Siyosiy kengashi a’zolari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya S’ezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.

Ruslan Nurudinov og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Koreyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Ruslan Nurudinov ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritib, qit’a chempioni bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Chuy viloyatida avtomobil zavodi qurishni boshladi

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi Ulug‘bek Rozuqulov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov Chuy viloyatida “Altin tulpar unaa kurulush” avtomobil hamda tijorat uskunalarini yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilishini boshlab berdi.

Prezident ko‘mir qazib olishni 22,6 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Birinchi chorakda bu ko‘rsatkich 14 foizga pasaygandi

“O‘zbekko‘mir” korxonasining Angren ko‘mir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, dedi prezident. U ko‘mirga bo‘lgan talab 1,5 barobar oshishini aytdi va qazib olishni 22,6 foizga — 6,5 million tonnagacha oshirish vazifasini qo‘ydi. Ko‘mir qazib olish birinchi chorakda 14 foizga qisqargandi.

Jizzaxda bedarak yo‘qolgan 5 yoshli bolaning murdasi kanaldan topildi

3-may kuni Baxmal tumanida 5 yoshli bola uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qoldi. Oradan ikki kun o‘tib, uning murdasi “Tuyatortar” kanalidan topildi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida 2 ta arxeologiya yodgorligiga 495 mln so‘mlik zarar yetkazildi

Oqqo‘rg‘onda “Shoxruxiya shaxristoni” va “Qiyritepa” arxeologiya yodgorliklarining xususiy korxonalarga berib yuborilishi oqibatida obyektlarga jami 495 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Holatga sababchi mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi

Shanba kuni O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni esa havo ochiq va quyoshli bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Harorat kechalari +13…+20 daraja, kunduzi +27…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

14−17-may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib keladi. Ko‘plab hududlarda kuchli yomg‘ir, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati +17 darajagacha pasayadi.

Moskvadagi kafega qilingan hujumda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan — Migratsiya agentligi

Moskvadagi “Monro” kafesiga 30 nafar o‘zbekistonlik migrant hujum uyushtirib, o‘g‘riliklar sodir etgani aytilgandi. Migratsiya agentligi Rossiyadagi huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga tayanib, bu voqea gumonlanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga 50 foizgacha ustama to‘lanishi mumkin

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, o‘qituvchilarning lavozim maoshlari o‘rtacha 20 foizga oshishi, fidoiy, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishi mumkin.