13-may kuni Shavkat Mirziyoyev boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tayotgan Humo Arena sport majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
U yerda davlat rahbari O‘zbekiston bokschilari ishtirokidagi final bahslarini kuzatadi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha JCHda ilk oltinni qo‘lga kiritgandi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauov ustidan 5:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Umumiy hisobda 7 nafar o‘zbekistonlik finalga chiqqan.