Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov JCH finalida kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.

Shu tariqa u Jahon chempionatidagi uchinchi oltin medalni terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni, super og‘ir vazn toifasida jang qiluvchi Bahodir Jalolov turnirning finaliga jangsiz chiqqandi. Sababi uning yarim finaldagi raqibi ispaniyalik Ayub Gadfa Drissi jarohati sabab ringga chiqmagan.

Eslatib ztamiz, avvalroq Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Hasanboy Do‘smatov JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.

Chempionat nizomiga ko‘ra, oltin medal sohiblari 200 ming dollar pul mukofoti ega bo‘ladi.

14-may kuni final bahslari davom etadi va yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:

  • Saidjamshid Jafarov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi;
  • Ruslan Abdullayev mo‘g‘ulistonlik Chinzorig Baatarsuxga qarshi;
  • Abdumalik Xalokov kubalik Saidel Hortaga qarshi;
  • Oybek Jo‘rayev esa qozog‘istonlik Maxmud Sabirxonga qarshi jang olib boradi.