4−13-may kunlari Tailandning Bangkok shahrida o‘tgan muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta medalga ega chiqdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 54 kg vazn toifasida ishtirok etgan Zubayr Husanov oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2 ta kumush medallari 51 kg vazn toifasidagi Daler Sobirov va 75 kg vazndagi Raxmatjon Xodjayevga nasib etdi.

Shuningdek, Akobir Qaxramonov (91 kg) va Naimjon To‘xtaboyevlar (75 kg) turnirni bronza medali bilan yakunladi.