O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi (“O‘zLiDeP”) Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatish masalasini navbatdagi partiya S’ezdi muhokamasiga kiritilishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar qildi.

Bugungi kunga qadar prezidentlikka nomzodlarning nomlari “Milliy tiklanish”dan tashqari barcha partiyalar tomonidan ma’lum qilindi.

Ekologik partiya o‘z yetakchisi Abdushukur Hamzayev, Xalq demokratik partiyasidan — Ulug‘bek Inoyatov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan — Robaxon Maxmudova nomzodini ilgari surmoqda.