Hasanboy Do‘smatov 13-may kuni Toshkentda boks bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Do‘smatov dunyo birinchiliklaridagi ikkinchi finalida chempionlikni rasmiylashtirdi. U hal qiluvchi bellashuvda fransiyalik Bilal Bennamani 1-raundda nokautga uchratib, -51 kg vazn toifasining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauov ustidan 5:0 hisobida g‘alabaga erishgan edi. Bahslarni prezident Shavkat Mirziyoyev Humo Arena sport majmuasiga tashrif buyurgan holda tomosha qilmoqda.