Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida farg‘onalik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun mazkur turnirdagi ilk oltin hisoblanadi.

67 kg vaznda ishtirok etgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauov ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Bu yilgi chempionat nizomiga ko‘ra, Asadxo‘ja oltin medal bilan birga 200 ming dollar pul mukofoti egasiga ham aylandi.

92 kg vazn toifasida ishtirok etgan farg‘onalik yana bir bokschi Lazizbek Mullojonov jahon chempionatining bronza medali sohibi bo‘ldi.

Umumiy hisobda 7 nafar o‘zbekistonlik finalga chiqqan.