Nukus voqealari bo‘yicha yana 28 kishining apellyatsiyasi yuzasidan sud qarori 12-iyunda e’lon qilinadi
9 iyun 2023, 14:51

Nukus voqealari bo‘yicha yana 28 kishining apellyatsiyasi yuzasidan sud qarori 12-iyunda e’lon qilinadi

Nukus voqealariga oid ikkinchi sud jarayonidagi 28 nafar mahkumning apellyatsiya shikoyatlari bo‘yicha sud qarori 12-iyun kuni e’lon qilinadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish 18-may kuni boshlangandi.

Human Rights Watch Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilishga chaqirdi
9 iyun 2023, 14:34

Human Rights Watch Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilishga chaqirdi

Human Rights Watch tashkiloti Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilishga chaqirdi. Tashkilot sudni “odil sudlov me’yorlariga javob bermagan” deb hisoblab, Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi da’volari bo‘yicha samarali tergov o‘tkazilmaganini ta’kidlamoqda.

Samarqandda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
9 iyun 2023, 14:23

Samarqandda Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Urgut tumanida Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent viloyatidagi AGQSHda avtomobil balloni portladi
9 iyun 2023, 12:35

Toshkent viloyatidagi AGQSHda avtomobil balloni portladi

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yonilg‘i quyish vaqtida Nexia avtomashinasida gaz balloni portlab ketdi. Yana ikkita mashina shikastlandi. Qurbonlar yo‘q.

Umida Omonova tezkor shaxmat bo‘yicha JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi
9 iyun 2023, 12:22

Umida Omonova tezkor shaxmat bo‘yicha JCHda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Gruziyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova g‘olib bo‘ldi.

Qeshm Air Tehron va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘laydi
9 iyun 2023, 12:11

Qeshm Air Tehron va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘laydi

Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi 21-iyundan Tehron va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Italiya O‘zbekistonga energetika loyihalari uchun 2,2 mlrd yevro ajratadi
9 iyun 2023, 11:31

Italiya O‘zbekistonga energetika loyihalari uchun 2,2 mlrd yevro ajratadi

Italiyaning SACE kredit agentligi O‘zbekiston energetika sohasi uchun 2,2 milliard yevro ajratadi. Mablag‘lar 4 ta yirik loyihani moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Farg‘onada fuqarolarni Hajga yuborish uchun 10 ming dollar olgan turistik firma xodimi ushlandi
9 iyun 2023, 11:06

Farg‘onada fuqarolarni Hajga yuborish uchun 10 ming dollar olgan turistik firma xodimi ushlandi

Farg‘ona shahridagi turistik firma xodimi rahbarining ko‘rsatmasi asosida fuqarodan Hajga yuborish evaziga 20 ming dollar talab qilib, shundan 10 ming dollar olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda hokim yordamchisi $1,5 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda
9 iyun 2023, 10:49

Samarqandda hokim yordamchisi $1,5 ming pora bilan ushlangani aytilmoqda

Samarqand shahri “Shukrona” mahallasidagi hokim yordamchisi 1500 dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroga bankdagi tanishi orqali 150 mln so‘m miqdoridagi kredit olib bermoqchi bo‘lgan.

Dam olish kunlari issiq harorat biroz pasayadi
9 iyun 2023, 10:41

Dam olish kunlari issiq harorat biroz pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat biroz pasayishi, kunduzi +33…+38 darajagacha tushishi mumkin. Ammo pasayish uzoq davom etmay, yangi hafta boshida +41…+42 darajagacha bo‘lgan qiymatlarga qaytadi.

Toshkentda yana 7 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
9 iyun 2023, 10:16

Toshkentda yana 7 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 7 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi. May oyi boshidan beri 14 ta yo‘nalish yangi tizim bo‘yicha ishlay boshlagan. Yoz oxirigacha barcha yo‘nalishlarni brutto-shartnomalarga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tijorat banklarida dollar kursi tushdi
9 iyun 2023, 09:48

Tijorat banklarida dollar kursi tushdi

Tijorat banklari 9-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380−11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 440−11 490 so‘m.

Toshkentning qator tumanlari elektrsiz qoldi
9 iyun 2023, 09:41

Toshkentning qator tumanlari elektrsiz qoldi

Ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli Toshkent shahrining Chilonzor, Bektemir, Yashnobod (17:00 gacha) va Mirzo Ulug‘bek (12:00 gacha) tumanlarining ayrim joylarida elektr energiyasi bo‘lmaydi.

Shavkat Mirziyoyev va FAO rahbari 2030-yilgacha bo‘lgan hamkorlik dasturini muhokama qildi
9 iyun 2023, 09:30

Shavkat Mirziyoyev va FAO rahbari 2030-yilgacha bo‘lgan hamkorlik dasturini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Rimda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Syuy Dun’yuy bilan uchrashdi. Tomonlar 2030-yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik dasturini ishlab chiqishni muhokama qildi.

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi
8 iyun 2023, 23:05

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi

O‘zbekiston prezidenti va Italiya Vazirlar Kengashi raisi Rimda Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida 11 ta hujjat imzolandi. Muzokaralarda iqtisodiyot, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi
8 iyun 2023, 22:02

O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya prezidenti Serjo Mattarella Rimdagi muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik, gumanitar aloqalarni rivojlantirish, Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa masalalarni muhokama qildilar.

Toshkentda bir hafta ichida uchinchi elektrobus YTHga uchradi
8 iyun 2023, 19:04

Toshkentda bir hafta ichida uchinchi elektrobus YTHga uchradi

Toshkentda elektrobus ishtirokida bir hafta ichida uchinchi YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv mast holatdagi Lacetti haydovchisining aybi bilan ro‘y berdi.

Bishkekda o‘tkir ichimlik suvi tanqisligi kuzatilmoqda. Vaziyat haqida nimalar ma’lum?
8 iyun 2023, 18:54

Bishkekda o‘tkir ichimlik suvi tanqisligi kuzatilmoqda. Vaziyat haqida nimalar ma’lum?

May o‘rtalaridan Bishkekda, ayniqsa shahar cheti va janubiy qismida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashdi. Mavzelardan birida aholi norozilik namoyishi uyushtirdi. Meriya taqchillikni iste’mol hajmi ortgani hamda tomorqalarni sug‘orishda ichimlik suvidan foydalanilayotgani bilan bog‘ladi.

Transport universiteti o‘tkazgan 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi
8 iyun 2023, 18:04

Transport universiteti o‘tkazgan 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

Transport universiteti o‘tkazgan 1,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi unda qatnashayotgan tadbirkorlarning hujjatlari elektron platformaga xarid komissiyasi foydalangan kompyuter IP-manzili orqali yuklangani uchun bekor qilindi.

Buyuk Britaniyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni ortmoqda
8 iyun 2023, 17:47

Buyuk Britaniyada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni ortmoqda

O‘zbekiston Buyuk Britaniyadagi mehnat muhojirlari soni bo‘yicha yetakchilar qatorida bormoqda. 2022-yilda mamlakatdagi mavsumiy ishchilarning qariyb chorak qismi Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondan kelgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting