Umida Omonova 5−12-iyun kunlari Batumi (Gruziya) shahrida tezkor shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘zbekistonlik 11 ta turdan 10 ball to‘plab, guruh g‘olibiga aylandi.

8 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi turnirning kumush medali o‘zbekistonlik yana bir shaxmatchi Mumtozbegim Sobirovaga nasib etdi. U 8 ochko to‘pladi.

2022-yilda Umida Omonova Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham rapid, ham blits bo‘yicha g‘alaba qozonib, musobaqani ikkita oltin bilan tugatgandi.