Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi 21-iyundan boshlab Tehron bilan Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘laydi, deya xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.

21-iyundan Tehron-Samarqand-Tehron yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Reyslar haftasiga bir marta — chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qeshm Air — 1993-yilda tashkil etilgan, shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi bo‘lib, mahalliy va xalqaro yo‘lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.