9-iyun kuni soat taxminan 10:00 da Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida yonilg‘i quyish vaqtida Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Portlash avtomobilni deyarli butunlay vayron qilgan. Bundan tashqari, yaqin atrofdagi ikkita Damas mashinasi shikastlangan.

Voqea joyiga tezkor qutqaruvchilar va boshqa tashkilotlar vakillari yetib borgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.