9-iyun kuni Toshkentning ayrim hududlarida yana elektr energiyasi uzildi. Bu elektr ta’minoti barqarorligini yaxshilashga qaratilgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq, deya xabar qildi poytaxt hokimligi.

Manzillar

Chilonzor tumani — “Bog‘iston” va “Lutfiy” mahallalarining ayrim hududlari — soat 9:00 dan 17:00 gacha;

Bektemir tumani — “Iykota” mahalla fuqarolar yig‘inining Imon (Ma’rifat), Mevazor, Orasta va Taraqqiyot ko‘chalari — soat 9:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumani — Yangiobod mavzesi, Aviasozlar 2-, 4-mavzesi, Tuzel 2-, 3-mavzesi, 58-sonli Harbiylar shaharchasi, Chilon ota, Alimkent, Elbek, To‘rtko‘l, Qorasuv, Xovos hamda Birlashgan ko‘chalari hududlari — soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani — “Shukur Burxonov”, “Katta Qorasuv”, “Bo‘z”, “Alpomish”, “Podshobog‘” va “Yalong‘och” mahallalari — 9:00 dan 12:00 gacha.