20-iyul kuni mahalliy vaqt bilan tonggi soat 3:00 atrofida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Nikolayev viloyati hududiga raketa zarbalari yo‘lladi, deya xabar bermoqda viloyat ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim.
Raketa zarbasi oqibatida kamida 19 kishi jarohatlangan. 8 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan. Ulardan 2 nafari, jumladan, 1 bola kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, qurbonlar ham borligi aytilmoqda.
Vitaliy Kimning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida 3 qavatli binoning bir necha qavati vayron bo‘lgan va 450 kvadrat metr maydonda yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in ertalab soat 7:45 da o‘chirilgan. Shuningdek, hududdagi bir qancha ko‘p qavatli uylarning oynalari singan, 15 ga yaqin garaj shikastlangan.
4-iyul kuni Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov viloyati o‘qqa tutishi oqibatida kamida 30 kishi jarohat olgani, qurbonlar orasida 10 nafar bola, jumladan, ikki go‘dak ham borligi xabar qilingandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Bundan tashqari, 29-iyun kuni Ukrainaning Kramatorsk shahriga, 13-iyun kuni Krivoy Rog shahriga, 1-iyun kuni Kiyevga raketa zarbalari berilgan.