24−27-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi sababli harorat +44 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev.

Harorat 24−25-iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida +41…+42 darajagacha, 24−27-iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +42…+44 darajagacha isiydi.

25−27-iyulda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +41…+42 darajagacha ko‘tariladi.

24−26-iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13−18 m/s gacha, ba’zi joylarda 20−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.