Yarim yil ichida Toshkent shahri va 4 ta viloyat deputatlar kengashlarining bironta sessiyasi jonli efirga uzatilmadi
17 avgust 2023, 17:15

Yarim yil ichida Toshkent shahri va 4 ta viloyat deputatlar kengashlarining bironta sessiyasi jonli efirga uzatilmadi

Prezident farmonida belgilanganiga qaramay, 2023-yilning birinchi yarmida Xorazm, Jizzax, Namangan, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari o‘tkazgan birorta sessiya jonli efirga uzatilmadi. Tuman va shahar kengashlari o‘tkazgan sessiyalarning 24 foizi jonli efirda namoyish etilgan.

Baxrom Sharipov Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisligidan ketdi
17 avgust 2023, 16:59

Baxrom Sharipov Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisligidan ketdi

Baxrom Sharipov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Nukusda metan “zapravka” 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
17 avgust 2023, 16:56

Nukusda metan “zapravka” 3,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Nukusdagi metan “zapravka” 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng gazdan noqonuniy foydalanib, 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.

Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi
17 avgust 2023, 16:31

Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi davlat rahbarining farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilgani haqida xabar berdi. Avvalroq PAda kadrlar o‘zgarishi haqida xabar berilgandi.

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
17 avgust 2023, 16:16

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Umid Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi
17 avgust 2023, 15:57

Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sardor Umurzoqov Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. U davlat rahbarining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Qirg‘iziston ayrim pansionatlarni O‘zbekistonga 49 yilga berishni rejalashtirmoqda
17 avgust 2023, 15:38

Qirg‘iziston ayrim pansionatlarni O‘zbekistonga 49 yilga berishni rejalashtirmoqda

Qirg‘iziston hukumati 2016-yilda o‘zbek kompaniyalaridan tortib olingan Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni 49 yilga O‘zbekistonga berishni rejalashtirmoqda. Qirg‘iziston tomoni investorlar har bir obyektga 15−20 million dollar sarmoya kiritishini kutmoqda.

Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi
17 avgust 2023, 15:33

Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ozod etildi

Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari yordamchisi lavozimidan ketdi. U mazkur lavozimda 2022-yildan beri ishlab kelayotgandi.

1-yanvardan qoida buzgani uchun ushlangan mashinalarning hisobi “Jarima maydonchasi” tizimi orqali yuritiladi
17 avgust 2023, 15:31

1-yanvardan qoida buzgani uchun ushlangan mashinalarning hisobi “Jarima maydonchasi” tizimi orqali yuritiladi

2024-yildan boshlab qoidani buzgani uchun ushlangan transportlar “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali to‘xtash joylariga olib kelinib, ularning hisobini yuritiladi. Jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar uchun to‘lov elektron amalga oshiriladi.

O‘zbekiston qayerdan tashqi qarz olgan va qaysi sohalarga sarflagan?
17 avgust 2023, 15:28

O‘zbekiston qayerdan tashqi qarz olgan va qaysi sohalarga sarflagan?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2022-yil uchun davlat qarzi bo‘yicha sharhida mamlakat yil davomida qaysi tashkilotlardan qancha tashqi qarz olgani va qaysi sohalarga yo‘naltirgani bo‘yicha ma’lumot berdi. Yil davomida O‘zbekiston nomidan umumiy qiymati 4,49 mlrd dollarlik 23 ta tashqi qarz bitimi imzolangan.

Abituriyentlarning salkam yarmi o‘tish balini to‘plolmadi, 60 mingga yaqini imtihonlarda qatnashmadi
17 avgust 2023, 13:01

Abituriyentlarning salkam yarmi o‘tish balini to‘plolmadi, 60 mingga yaqini imtihonlarda qatnashmadi

2023-yilda 888 ming 472 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi, ularning 439 ming 337 nafari (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi. Shuningdek, 60 mingga yaqin nomzod kirish imtihonida ishtirok etmadi.

Ayrim banklarda dollar kursi 12 150 so‘mga yetdi
17 avgust 2023, 12:34

Ayrim banklarda dollar kursi 12 150 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 17-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 030−12 060 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 100−12 150 so‘m.

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi
17 avgust 2023, 12:22

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Qarz 2022-yilda 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, YAIM 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.

Qashqadaryoda egizak tuqqan 19 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
17 avgust 2023, 11:28

Qashqadaryoda egizak tuqqan 19 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida 19 yoshli ayol egizak farzand tuqqanidan so‘ng 8 kun o‘tib, ahvoli yomonlashib, reanimatsion davo tadbirlariga qaramasdan vafot etdi.

19 yoshli erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov JCHda bronza medalini oldi
17 avgust 2023, 10:50

19 yoshli erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov JCHda bronza medalini oldi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi. Medal uchun kechgan so‘nggi bahsda u hindistonlik raqibini 10:0 hisobida mag‘lub etdi.

Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi
17 avgust 2023, 10:05

Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi

17-avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Veolia Energy Tashkent ma’lum qilishicha, ta’minot taxminan soat 23:00 da qayta tiklanadi.

“Manchester Siti” UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi
17 avgust 2023, 09:29

“Manchester Siti” UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi

2023-yilgi mavsumning UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda “Manchester Siti” penaltilar seriyasida “Sevilya”ni mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor UEFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Foto.

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti hududi 130 gektarga qisqartiriladi
17 avgust 2023, 09:06

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti hududi 130 gektarga qisqartiriladi

Loyiha bo‘yicha umumiy maydoni 693 gektarni tashkil etgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari kamayishi reja qilinmoqda. 25 ta samolyotni sig‘diruvchi aeroportda hozirda 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bitkazilgan.

Xorazm IIBga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari rahbar etib tayinlandi
17 avgust 2023, 08:34

Xorazm IIBga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari rahbar etib tayinlandi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ravshan Sultonxodjayev tayinlandi.

AQSh Eronga Rossiyaga dronlar yetkazib bermaslik evaziga sanksiyalarni yumshatishni taklif qildi
16 avgust 2023, 22:07

AQSh Eronga Rossiyaga dronlar yetkazib bermaslik evaziga sanksiyalarni yumshatishni taklif qildi

AQSh Eronni Rossiyaga Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishda foydalanayotgan hujum dronlarini yetkazib berishni to‘xtatishga undamoqda, deb yozdi FT. Buning evaziga Vashington Tehronga qarshi yangi sanksiyalar kiritmaslikka va allaqachon kiritilgan cheklovlarga “qat’iy amal qilmaslikka” va’da bermoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting