O‘zbekiston OTMlariga жорий yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning 49,4 foizi o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmadi. O‘zA bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bunga e’tibor qaratdi.

Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashgan. Ularning 439 ming 337 nafari (49,4%) 56,7 ball ham to‘play olmagan.

abituriyentlar, test natijaлари

Foto: Xushnudbek.uz / Telegram.

“Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to‘plaganlar kvotada joy bo‘lsa ham, o‘qishga kira olmaydi”, — deya yozadi bloger.

56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qilgan. 2022-yili 51,2% foiz, ya’ni 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan.

8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan.

Bu yilgi kirish imtihonlarida 948 486 nafar abituriyent test sinovida qatnashishi kerak edi. Ammo Bilimni baholash agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ishi qiymatlanmagan abituriyentlar soni 59 866 nafarni tashkil etgan, ya’ni shuncha nomzod sinovlarda ishtirok etmagan. Shuningdek, 148 nafar abituriyent testdan chetlatilgan.