Qeshm Air Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
7 avgust 2023, 16:33

Qeshm Air Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Qeshm Air aviakompaniyasi 9-avgustdan Tehron−Toshkent−Tehron yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarini yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftasiga bir marta-chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
7 avgust 2023, 15:58

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Ilhom Norqulov iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Ahadbek Haydarov, Abdulaziz Haydarov, Otabek Fozilkarimov, Bobur Xodjayev va Jasur Qarshiboyevlar esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy jazo joriy etish taklif qilinmoqda
7 avgust 2023, 15:57

Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy jazo joriy etish taklif qilinmoqda

Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga nikoh uchun odam o‘g‘irlaganlik bo‘yicha alohida modda kiritish taklif qilinmoqda. Ombudsman idorasi ushbu qaror ayollarga nisbatan jinoyatlar sonini kamaytirishga yordam beradi, deya umid qilmoqda.

O‘zbekistonga 6 oy davomida 3,1 mln sayyoh keldi
7 avgust 2023, 15:24

O‘zbekistonga 6 oy davomida 3,1 mln sayyoh keldi

2023-yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistonga 3,1 mln nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. O‘tgan yilning ushbu davrida ko‘rsatkich salkam 1,9 mln nafarni tashkil etgandi.

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi
7 avgust 2023, 15:08

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi

Urganch shahri IIO FMB boshligʻi YTH oqibatida vafot etdi. Mashina yoʻlning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun elektron viza berishni boshladi
7 avgust 2023, 14:33 2

Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun elektron viza berishni boshladi

O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga borish uchun elektron viza olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu viza bilan yil davomida Umra hamda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish mumkin.

Afg‘oniston 67 ta vagondagi neftni sifatsiz deb O‘zbekistonga qaytarmagan, xaridor pulini 100% to‘lagan — “O‘zbekneftgaz”
7 avgust 2023, 12:41

Afg‘oniston 67 ta vagondagi neftni sifatsiz deb O‘zbekistonga qaytarmagan, xaridor pulini 100% to‘lagan — “O‘zbekneftgaz”

Afg‘oniston standart agentligi O‘zbekistondan import qilingan 67 ta vagon neftni sifatsiz deb qaytarilganini ma’lum qildi. “O‘zbekneftgaz” esa neftni O‘zbekiston emas, xaridor o‘zi Afg‘onistonga olib kirgani, neft uchun pul 100% to‘langanini qayd etdi.

Hafta salqin bo‘ladi
7 avgust 2023, 12:28

Hafta salqin bo‘ladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatilgan salqin ob-havo juma kungacha davom etadi. Harorat +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasiga borib kunlar biroz isishi mumkin. Ayrim joylarda qisqa yomg‘irlar bo‘lishi kutilmoqda.

Hukumat budjet defitsitini belgilangan chegarada ushlab turolmayapti. Daromadlardan koʻra xarajatlar 2,5 mlrd dollar koʻp
7 avgust 2023, 10:43

Hukumat budjet defitsitini belgilangan chegarada ushlab turolmayapti. Daromadlardan koʻra xarajatlar 2,5 mlrd dollar koʻp

O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari daromadlaridan 29 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) ko‘proq bo‘ldi. 2023-yilda profitsit prognoz qilinganiga qaramay defitsit deyarli 6,2 foizni tashkil etdi. Bu ma’lumotlarni e’lon qilayotib Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “defitsit” so‘zini ishlatmadi.

Banklarda dollar kursi 11 720 so‘mgacha ko‘tarildi
7 avgust 2023, 10:00

Banklarda dollar kursi 11 720 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 7-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 600−11 660 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 700−11 735 so‘m.

Oson va Payme faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda
7 avgust 2023, 09:44

Oson va Payme faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

O‘zbekistondagi ikkita yirik to‘lov xizmati o‘z faoliyatidagi uzilishlar haqida xabar berdi. Oson Uzcard va Humo kartalari tizimdan vaqtincha uzilganini ma’lum qildi. Payme`da ham Uzcard va Humo orqali pul o‘tkazmalari ishlamayapti.

Dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi
7 avgust 2023, 09:32

Dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev Masters turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Vengriyada o‘tgan Masters turnirida o‘zbekistonlik dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. So‘nggi bor bu turnirda terma jamoadan oltin medalni 2011-yilda Rishod Sobirov yutgandi. Bu yilgi turnirni O‘zbekiston 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan yakunladi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in sababli 20 kishi evakuatsiya qilindi
7 avgust 2023, 09:05

Toshkentda ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in sababli 20 kishi evakuatsiya qilindi

Yakshanba kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirish jarayonida 20 nafar fuqaro xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi.

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullayev Rossiyaning SSKA klubiga o‘tdi
6 avgust 2023, 16:55

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullayev Rossiyaning SSKA klubiga o‘tdi

O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi Abbos Fayzullayev “Paxtakor” jamoasidan Rossiyaning SSKA klubiga o‘tdi. 19 yoshli yarim himoyachi bilan 3 yillik shartnoma imzolandi va ushbu muddat uzayishi mumkin.

“Bizga shunday IIB xodimlari kerak”. Abituriyentni yelkasida ko‘targan xodim taqdirlandi
6 avgust 2023, 16:48

“Bizga shunday IIB xodimlari kerak”. Abituriyentni yelkasida ko‘targan xodim taqdirlandi

Tarmoqlarda Andijonda nogironligi bo‘lgan abituriyentni yelkasida ko‘targancha imtihon joyiga olib borgan ichki ishlar xodimi surati tarqaldi. Uni viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov taqdirladi. “Andijonimizning IIB xodimi qanaqa ekanligini mana shu bolam ko‘rsatib qo‘ydi”, — dedi hokimlik rahbari.

Jizzaxda bolalar bog‘chasi mudirasi pichoqlab o‘ldirildi
6 avgust 2023, 13:01

Jizzaxda bolalar bog‘chasi mudirasi pichoqlab o‘ldirildi

Forish tumanidagi qishloqlardan birida bolalar bog‘chasi mudirasi mahalladoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Misrda YTHga uchragan o‘zbekistonlik ayol ikki oylik davolanishdan so‘ng vataniga qaytarildi
6 avgust 2023, 12:20

Misrda YTHga uchragan o‘zbekistonlik ayol ikki oylik davolanishdan so‘ng vataniga qaytarildi

Iyun oyi boshida Misrda YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosi ikki oylik davolanishdan so‘ng vataniga qaytarildi. Unga O‘zbekiston elchixonasi, Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi va Uzbekistan Airways kompaniyasi tomonidan yordam ko‘rsatildi.

Cobalt, Lacetti va Damas sotuvi shartnoma tuzish tiklanganidan bir kun o‘tib to‘xtatildi
6 avgust 2023, 10:26 1

Cobalt, Lacetti va Damas sotuvi shartnoma tuzish tiklanganidan bir kun o‘tib to‘xtatildi

UzAuto Motors shartnoma tuzish qayta ochilganidan bir kun o‘tib Cobalt, Lacetti va Damas avtomashinalarining sotuvini to‘xtatdi. Ko‘pgina avtosalonlarda ushbu mashinalarni sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun uzun navbatlar paydo bo‘ldi.

O‘zbekistonning 9 ta hududida zilzila sezildi
6 avgust 2023, 10:23

O‘zbekistonning 9 ta hududida zilzila sezildi

Yakshanba kuni tongda Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi. Uning kuchi 3−4 ballni tashkil etdi.

Nukus voqealarini bartaraf etishda noqonuniy harakat qilgan 3 nafar ichki ishlar xodimi qamaldi
5 avgust 2023, 21:29

Nukus voqealarini bartaraf etishda noqonuniy harakat qilgan 3 nafar ichki ishlar xodimi qamaldi

1−2-iyul kunlari sodir bo‘lgan Nukus voqealarini bartaraf etishda noqonuniy xatti-harakatlar qilgan 3 nafar ichki ishlar xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ularning ikki nafari qiynoqqa solishda ayblanib 7 yilga, yana bir nafari o‘layotgan odamga yordam ko‘rsatmagani va yolg‘on guvohlik bergani uchun 3 yilga qamaldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting