O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida gaz qazib olish 31,39 mlrd kub metrni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga yoki 3,26 mlrd kub metrga kamaygan. “Gazeta.uz” Statistika agentligining sanoat ishlab chiqarishi to‘g‘risidagi hisobotini o‘rganib chiqdi.

Yanvar oyida 4,31 mlrd kub metr gaz (2022-yil yanvariga nisbatan -7,5%), fevralda — 3,85 mlrd (-9%), martda — 4,16 mlrd (- 12,96%), aprelda — 3,94 mlrd (-8,1%), may oyida — 3,6 mlrd (-11,2%), iyunda — 3,7 mlrd (-8,9%), iyulda — 3,9 mlrd (-8,3%) gaz qazib olindi.

бензин, gaz, ko‘mir, нефть, sтатиsтика agentligi

Avgust oyida ishlab chiqarish hajmi 3,92 mlrd kub metrgacha o‘sdi, bu o‘tgan oyga nisbatan bir oz ko‘proq, lekin 2022-yil avgust oyiga (4,3 mlrd kub metr) nisbatan 9 foizga kam.

Sakkiz oyda elektr energiyasi ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,7 foizga yoki 2,78 mlrd kVt·s ga oshgan — 48,9 mlrd kVt·s dan 51,7 mlrd kVt·s ga yetgan. Avgust oyida 6,46 mlrd kVt·s ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 7 foizga ko‘pdir.

Yanvar oyidagi energetika inqirozidan keyingi dastlabki oylarda ishlab chiqarish o‘tgan yilgi darajadan past edi. Biroq bahordan keyin ishlab chiqarish keskin oshdi.

Qayd etish joizki o‘tamiz, mart, aprel, may, iyun, iyul va avgust oylari uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar Statistika agentligi tomonidan o‘sishga qarab qayta ko‘rib chiqilgan. Dastlabki va yakuniy ishlab chiqarish ma’lumotlari o‘rtasidagi farq bir necha mlrd kVt·s ga o‘zgaradi. Energetika vazirligi avvalroq Statistika agentligi davlat-xususiy sheriklik doirasida qurilgan stansiyalar (shu jumladan, quyosh fotoelektr stansiyalari) ko‘rsatkichlarini hisobga olmaganini ta’kidlagan edi. Agentlikning tushuntirishicha, bu stansiyalar kichik obyektlar bo‘lib, qonunga ko‘ra, yirik korxonalar kabi har oyda emas, balki yiliga bir marta ma’lumotlarni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizdan ortig‘i gazda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

бензин, gaz, ko‘mir, нефть, sтатиsтика agentligi

Yanvar-avgust oylarida ko‘mir qazib olish birinchi yarim yillikdagi keskin pasayishdan keyin o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan ancha oshib ketdi. Hajmi 3,77 mln tonnaga (+10,4 foiz) yetdi, shu jumladan avgust oyida — so‘nggi yillarda rekord darajadagi 673,7 ming tonna, bu 2022-yil avgust oyiga nisbatan 40,2 foizga ko‘p mahsulot qazib olindi.

Neft qazib olishning o‘sishi sekinlashishda davom etmoqda — sakkiz oy ichida 520 ming tonnani tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +0,1%). Avgust oyida 64,3 ming tonna mahsulot ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,2 foizga kam.

Yanvar-avgust oylarida 892,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 16 foizga yoki 123,3 ming tonnaga ko‘pdir. May oyida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida olib borilgan ta’mirlash ishlari tufayli ishlab chiqarish keskin pasayganidan so‘ng, iyun oyida 2 barobardan ortiq — 100,1 ming tonna, iyulda — 133,2 ming tonna, avgustda — 108 ming tonna yoqilg‘i ishlab chiqarildi.

Sakkiz oyda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish 8,3 foizga, gaz kondensati ishlab chiqarish esa 6,8 foizga kamaydi.

Bu davrda dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish 699,9 ming tonnani tashkil etdi, bu — o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 269,4 ming tonna yoki 1,6 barobar ko‘p. Shu bilan birga, avgust oyida 70,1 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarildi, bu iyul oyiga nisbatan 20,3 ming tonnaga kam.