O‘yin va xalqaro to‘lovlar bozoridagi yirik moliyaviy texnologik o‘yinchilaridan biri Oson kompaniyasi yetti yoshga to‘ldi.

2023-yil kompaniya inqirozni boshdan kechirayotgan bo‘lsa-da, birorta ham mijozni yo‘qotmadi. Tug‘ilgan kuni munosabati bilan Oson ilova foydalanuvchilariga ishonchlari uchun minnatdorlik bildiradi.

Yetti yil ichida kompaniya 2 mln dan ortiq sodiq foydalanuvchilardan iborat bazasini to‘pladi. Jamoa 2019-yilda birinchilardan bo‘lib elektron so‘mni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Brend ishini kichkina ofisda, to‘rt kishilik jamoa va WebMoney bilan hamkorlikda boshlagan edi. Ikki yildan so‘ng kompaniya 10 barobar o‘sdi va PUBG, X-Sola, Tencent Games, xorijiy banklar va xalqaro korporatsiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni ishga tushirdi.

2023-yil kompaniya xorijiy investorlar bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichini e’lon qildi, bundan oldin Oson brend asoschisi, biznesmen Farhod Mahmudovga tegishli edi. Bitim summasi oshkor qilinmaydi.

Reklama huquqlari asosida.