17-noyabr kuni soat 20:15 da Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on poligonida O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli Mi-8 vertolyoti o‘quv parvozi chog‘ida halokatga uchradi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Fojia natijasida vertolyot ekipaji halok bo‘ldi. Voqea joyida hodisa sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya ishlamoqda.

Kattaqo‘rg‘on poligoni 2019-yil noyabr oyida ochilgan O‘zbekistondagi eng yirik harbiy poligondir.