Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilda Ashxobodda jahon chempionatiga saralash turnirining 2-bosqichi dastlabki o‘yinida Turkmanistonni mag‘lub etdi (1:3). Uchrashuvdan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets O‘zbekiston g‘alabaga haqli ekanini ta’kidladi.

“Biz bu g‘alabaga haqli edik. Yigitlarimning o‘yinidan juda mamnunman. Ular juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Bu jahon chempionatiga saralash turnirining ilk o‘yini. Shu bois bu o‘yin biz uchun juda muhim edi. Agar bu o‘yinda g‘alaba qozonmaganimizda edi, bizning saralashdan o‘tish masalamiz… kelajakda nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz. Turkmaniston bir urinish bilan gol urganiga guvoh bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni ancha yaxshiladik, pressing qo‘lladik, uchta gol urdik va bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Yigitlarimning o‘yinidan juda mamnunman”, — dedi 60 yoshli mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar dastlabki daqiqalardan pressing qo‘llashdi hamda “texnik va tashkiliy jihatdan yaxshiroq o‘ynadi”.

Bosh murabbiy sun’iy maydondan nolib, uni “dahshatli” deb atadi.

“Kecha aytganimdek, bunday maydonlarda o‘ynash juda va juda dahshatli. [Turkmaniston terma jamoasi] bunday maydonda o‘ynashga ko‘proq moslashgan, ular har kuni shu yerda shug‘ullanishadi. Mening jamoam esa yiliga bir marta shunday maydonda o‘ynashi mumkin. Bu yerda to‘p sekinroq harakat qiladi, to‘pning sakrashi butunlay boshqacha, hamma narsa boshqacha. Himoyada o‘ynayotgan jamoalar ustunlikka ega bo‘ladi. Nega bunday maydonda o‘ynashga ruxsat berishganini bilmayman. Men dunyoda O‘zbekistondan yaxshiroq bo‘lgan ko‘plab turli jamoalarni ko‘rdim, ularga moslashish uchun vaqt kerak va ular mag‘lub bo‘lishlari mumkin”, — dedi u.

Avvalgi saralashlarning sun’iy maydonda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinlarida O‘zbekiston 2018-yilda Shimoliy Koreyaga (4:2), 2022-yilda Falastinga (2:0) mag‘lub bo‘lgandi.

жч-2026, оtaбек shuкuров, сречко каtaнец, o‘zбекистон, futbolDubl va golli uzatmani amalga oshirgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Otabek Shukurov bunday maydondagi g‘alabasi bilan jamoa o‘z xarakterini ko‘rsatganini aytdi.

“Bunday maydonda o‘ynab bo‘lmaydi. Tashkilotchilar nima bo‘lishidan qat’i nazar, ozgina bo‘lsa-da futbolchilarning sog‘lig‘i haqida o‘ylashlari kerak…” — deya ta’kidladi u.

Srechko Katanets 21-noyabr kuni soat 18:00da Toshkentda Eronga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida gapirar ekan, raqib tajribali jamoa ekani, uning futbolchilari oliy ligada to‘p surayotganini ta’kidladi. Biroq u “ular bilan qanday o‘ynashni biladi”.

“Men Eronga qarshi uch marta o‘ynaganman, bir marta g‘alaba qozonganman, bir marta durang o‘ynaganman va bir marta mag‘lub bo‘lganman. Biz qattiq ishlashimiz kerak. Lekin men Eron terma jamoasiga qarshi qanday o‘ynashni juda yaxshi bilaman”, dedi u.

Yakunda bosh murabbiy hazillashib, Otabek Shukurov yarim himoyada emas, balki hujumda o‘ynashi kerak edi, dedi. “Bu mening xatom. U 7-raqamda emas, 9-raqamda o‘ynashi kerak edi”, — dedi terma jamoa murabbiyi.

Statistika

Qatar futbol assotsiatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasining texnik eksperti Alisher Nikimbayev 30 yillik tarixda jamoalar 10 marta to‘qnash kelgani, 9 uchrashuvda o‘zbekistonliklar g‘alaba qozonganini ta’kidladi. Yagona durang 1998-yilgi Osiyo o‘yinlarida qayd etilgan. Milliy terma jamoalar miqyosida O‘zbekiston terma jamoasi Ashxobodda bir marta mag‘lub bo‘lgan, biroq bu 1992-yilning oktabr oyida bo‘lgan va har ikki futbol federatsiyasi hali FIFAga a’zo bo‘lmagani uchun mazkur o‘yin FIFA reyestrida yo‘q.

жч-2026, оtaбек shuкuров, сречко каtaнец, o‘zбекистон, futbol

Uning so‘zlariga ko‘ra, kechagi o‘yin Srechko Katanetsni o‘yinlar soni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining eng yaxshi 5 nafar murabbiyi qatoriga kiritdi. Uning hisobida endi 25 ta — Ravshan Haydarov bilan bir xil miqdorda o‘yin bor. G‘alabalar soni bo‘yicha esa u hozirda Vadim Abramov (20) va Mirjalol Qosimov (22)dan keyin Samvel Babayan (16 ta) bilan uchinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Qolaversa, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi marta ketma-ket ikkita irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi (Xitoy — 2:1, Turkmaniston — 3:1). Milliy terma jamoa JCH saralash turniri doirasidagi safar o‘yinida ham kuchli irodali g‘alabaga erishdi (avvalroq uy uchrashuvlarida Quvaytni — 3:2, Qatarni — 5:1 va KXDRni — 3:1 hisobida majburiyatga uchratgan edi).

Mazkur g‘alaba jahon chempionati saralash turniridagi 55-, O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi 150-g‘alabasi bo‘ldi.