Asialuxe Travel milliy turoperatori ketma-ket uchinchi yil “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi qanotlarida Shri-Lanka oroliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu yo‘nalish O‘zbekiston sayyohlik maydoniga shijoat bilan kirib keldi va o‘zbekistonliklar hamda xorijlik mehmonlar orasida shuhrat qozonmoqda.

asialuxe travel, реклама

Agar uzoq vaqtdan beri Shri-Lanka safarini ko‘zlab yurgan bo‘lsangiz, Asialuxe Travel mamlakat hamda oroldagi ta’tillar haqida muhim savollarga javob berdi.

Mamlakat haqida

Shri-Lanka tabiat va sarguzashtlarni sevuvchilar uchun jannatmakon o‘lkalardan biridir. Orolning har bir burchagi, Bentotaning oltin qumli plyajlaridan tortib, Nuvara Eliya yashil choy plantatsiyalarigacha, go‘zallik va osoyishtalikka to‘la.

Shri-Lankada yil bo‘yi yoz fasli xukmronlik qiladi. Havo harorati Selsiy bo‘yicha +26 dan +35 darajagacha bo‘lib, namlik 70−80% ni tashkil qiladi, okeandagi suvi ko‘pincha havo haroratidan bir oz sovuqroq bo‘ladi.

Orolning janubiy yarmi suzish uchun ishlatiladi: qish oylarida — g‘arbiy qismi, yozgilarida esa — sharqiy qismi. Dengiz va okean hamma joyda iliq, plyajlar ko‘pincha qumli, ammo to‘lqinlar va oqimlarni hisobga olish kerak. Sayyohlar uchun mashhur va mos plyajlar — Unavatuna, Veligama, Mirissa, Kandi, Ella.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qachondan boshlanadi?

To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 2023-yil 30-dekabrda boshlanib, 2024-yil 9-martgacha davom etadi.

asialuxe travel, реклама

Parvozlar har hafta shanba kunlari amalga oshiriladi:

  • 2023-yil 30 dekabdan 2024-yil 6-yanvargacha;
  • 6-yanvardan 13-yanvargacha;
  • 13-yanvardan 20-yanvargacha;
  • 20-yanvardan 27-yanvargacha;
  • 27-yanvardan 3-fevralgacha;
  • 3-fevraldan 10-fevralgacha;
  • 10-fevraldan 17-fevralgacha;
  • 17-fevraldan 24 fervalgacha;
  • 24 fervaldan 2-martgacha;
  • 2-martdan 9 martacha.

Qanday borish mumkin?

Orolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysda “O‘zbekiston havo yo‘llari” laynerlari qanotlarida uchishingiz mumkin. Kompaniya o‘z mehmonlari ovqatlanishiga alohida e’tibor beradi — uzoq parvoz davomida ular nafaqat tushlik, mazali issiq ovqat va ichimliklar, balki sendvich ko‘rinishidagi yengil tamaddi hamda shirin maffin, choy yoki kofe taklif qilishadi. Shuningdek, turli xil ko‘ngilochar media mahsulotlari va layner ekipajining alohida e’tibori ham yo‘lovchilarni xursand qila oladi.

Parvoz necha soat davom etadi?

Toshkent — Shri-Lanka parvozi olti soat davom etadi. Bu vaqt ichida bort xizmatidan bahramand bo‘lishingiz, qiziqarli filmlarni tomosha qilishingiz, kitob o‘qishingiz yoki oroldagi ta’tilingiz jadvalini rejalashtirishingiz mumkin.

Sayohat uchun nima kerak?

Dam olish maskaniga uchish uchun pasport, bron qilingan vaucherlar va aviachipta kerak bo‘ladi. Shuningdek, ajoyib hordiq chiqarish uchun ijobiy kayfiyat ham.

asialuxe travel, реклама

Viza masalasi

O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga elektron viza taqdim etgachgina kiradi. Turoperatorlar siz uchun vizani turni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida to‘ldiradi.

Shri-Lanka kimlarga to‘g‘ri keladi?

Orol barchaga birdek mos keladigan turli xil dam olish formatlarini taklif etadi. Katta oilalar, juftliklar, do‘stlardan iborat shovqinli jamoa yoki yolg‘iz sayohatchilar — har kim o‘ziga yoqimli bo‘lgan makonni topa oladi, xoh u kurort mehmonxonalari, tanho bungalovlar yoki ko‘plab ziyofatlar tashkil etiladigan mehmonxonalar bo‘lsin.

asialuxe travel, реклама

Qolish uchun yaxshi joy

Milliy turoperator turli budjet toifalariga ega qulay yashash mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati bilan tanishishni taklif qiladi. 2023-yil 30-dekabrdan 2024-yil 6-yanvargacha turlar narxlari:

  • to‘rt yulduzli Thaproban Pavilion Resort & Spa — 22,3 mln so‘mdan boshlab;
  • to‘rt yulduzli Jie Jie Beach by Jetwing — ot 23,1 mln so‘mdan boshlab;
  • besh yulduzli Centara Ceysands Resort & Spa — ot 24,2 mln so‘mdan boshlab;
  • besh yulduzli Jungle Beach Resort — ot 25,6 mln so‘mdan boshlab;
  • besh yulduzli Sheraton Kosgoda Turtle Beach Resort — ot 32,8 mln so‘mdan boshlab.

Mehmonxonalar qanday taomlarni taklif qiladi?

Har bir mehmonxonaning o‘ziga xos ovqatlanish konsepsiyasi bor — nonushta asosidagi ovqatlanish turidan tortib, All Inclusive`gacha.

asialuxe travel, реклама

Narxlar ikki kishilik joyda bir kishi uchun ko‘rsatilgan va e’lon qo‘yilgan vaqtda amal qiladi.

Telefonlar: (+998) 71−211−22−22, (+998) 71−201−77−77.

Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Telegram-kanaldagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Umra: t.me/asialuxe_umra
O‘zbekiston bo‘ylab turlar: t.me/asialuxeuz

Reklama huquqlari asosida.