«Oskar» g‘oliblari e’lon qilindi
10 fevral 2020, 09:54

«Oskar» g‘oliblari e’lon qilindi

«Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida «Joker» filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniks «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi. 10 fevral kuni 2020 yilda mukofotga loyiq topilgan nominatsiya g‘oliblari e’lon qilindi.

Tailandda qurolli hujum qurbonlari soni 26 kishiga yetdi
9 fevral 2020, 13:50

Tailandda qurolli hujum qurbonlari soni 26 kishiga yetdi

Tailandda harbiy xizmatchining savdo markaziga hujumi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi va 57 kishi jarohat oldi. Ommaviy qotil maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi.

Toshkent-Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
9 fevral 2020, 11:29

Toshkent-Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

15 fevraldan Toshkent-Omsk yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi 450 ming so‘mni tashkil etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati o‘zgardi
9 fevral 2020, 11:00

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati o‘zgardi

Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Elbek Shukurov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

«Dori-Darmon» byudjetdan ssuda berish muddatini uzaytirishni so‘radi
8 fevral 2020, 13:43

«Dori-Darmon» byudjetdan ssuda berish muddatini uzaytirishni so‘radi

2018 yilda «Dori-Darmon» dorixonalar tarmog‘i uch yil muddatga 150 mlrd so‘m miqdorida 2 foizli byudjetdan ssuda olgan edi. Kompaniya ssuda muddatini uzaytirishni so‘radi.

Qozog‘istondagi ommaviy janjalda 8 kishi halok bo‘ldi
8 fevral 2020, 12:53

Qozog‘istondagi ommaviy janjalda 8 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘iston janubidagi Masanchi qishlog‘ida sodir bo‘lgan ommaviy janjal natijasida 8 kishi vafot etdi, 40 kishi jarohatlandi va 47 kishi hibsga olindi. Prezident topshirig‘i bilan hukumat komissiyasi tuzildi.

Davlat tomonidan advokat tayinlash tartibi o‘zgaradi
8 fevral 2020, 11:50

Davlat tomonidan advokat tayinlash tartibi o‘zgaradi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat tomonidan himoyachi tayinlash tartibi o‘zgarishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, amaldagi tartib samarali natija bermayapti.

Captiva turtib yuborgan avtobus ag‘darilib ketdi
8 fevral 2020, 11:25

Captiva turtib yuborgan avtobus ag‘darilib ketdi

Toshkentning Sergeli tumanida 117- yo‘nalishda qatnovchi Isuzu avtobusi ag‘darilib ketdi — uni ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Captiva turtib yubordi.

Toshkent IIBBda 16 nafar ayol rahbar lavozimlariga tayinlandi
7 fevral 2020, 21:04

Toshkent IIBBda 16 nafar ayol rahbar lavozimlariga tayinlandi

Toshkent IIBBda 16 nafar ayol rahbar lavozimlariga tayinlandi. Ular orasida tergov va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari boshliqlari, IIB boshliqlari o‘rinbosarlari bor.

Foto: Karantinda saqlanuvchi fuqarolar yashash sharoiti
7 fevral 2020, 20:13

Foto: Karantinda saqlanuvchi fuqarolar yashash sharoiti

Sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoydan kelgan fuqarolar joylashgan muassasa sharoitlari bilan tanishtirdi. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Uxandan uchib kelgan va karantinga olingan o‘zbekistonliklar qoniqarsiz sharoitda yashayotgani iddao qilingandi.

Adliya vazirligi qamoqxonalarni qaramog‘iga olishni rad etdi
7 fevral 2020, 19:02

Adliya vazirligi qamoqxonalarni qaramog‘iga olishni rad etdi

Adliya vaziri qamoqxonalarda qiynoqlarga qarshi kurashni ma’muriy boshqaruvdagi islohotlarsiz o‘tkazishga chaqirdi. Uning fikricha, har qanday tizimda boshqaruvni o‘zgartirmay islohot qilish mumkin.

Iliq ob-havo dam olish kunlari ham saqlanib qoladi
7 fevral 2020, 17:06

Iliq ob-havo dam olish kunlari ham saqlanib qoladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 10−12 daraja yuqori bo‘ladi. Ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.

Namanganda tibbiyot xodimi kaltaklandi
7 fevral 2020, 13:21

Namanganda tibbiyot xodimi kaltaklandi

Namanganda 22 yoshli shaxs poliklinikada bo‘lim mudirini kaltaklab, yuz va burun qismiga jarohat yetkazdi. Bu yil boshidan buyon OAVga ma’lum bo‘lgan to‘rtinchi shu kabi hodisadir.

2019-yilda ipoteka kreditlari hajmi 66,6 foizga o‘sdi
7 fevral 2020, 12:54

2019-yilda ipoteka kreditlari hajmi 66,6 foizga o‘sdi

Banklar 2019-yilda qariyb 8 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi. Kreditlarning asosiy qismi — 83 foizdan oshig‘i — imtiyozli asosda taqdim etilgan.

Prezident uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi
7 fevral 2020, 12:15

Prezident uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta’minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz, dedi prezident. U joriy yilda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Navoiy viloyatida bir qator IIB rahbarlari va xodimlar ishdan bo‘shatildi
7 fevral 2020, 12:03

Navoiy viloyatida bir qator IIB rahbarlari va xodimlar ishdan bo‘shatildi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Navoiy viloyatida bir qator tuman IIB boshliqlari va xodimlarni lavozimidan chetlashtirdi.

Chilonzordagi YTHda bir kishi o‘ldi, besh kishi jarohatlandi
7 fevral 2020, 11:14

Chilonzordagi YTHda bir kishi o‘ldi, besh kishi jarohatlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida noto‘g‘ri joydan ortga qaytib olmoqchi bo‘lgan Matiz haydovchisi o‘z o‘limiga va besh kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Kuzatuv kamerasiga tushib qolgan avariya videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Uzhealth CRM tizimini ishlab chiqishni tendersiz o‘tkazish rejalashtirilmoqda
7 fevral 2020, 10:26

Uzhealth CRM tizimini ishlab chiqishni tendersiz o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Shifokor va provizorlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqaruvchisini tender o‘tkazmasdan belgilash taklif etilmoqda. 2021 yil 1 yanvardan vrachlar va provizorlar Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib ishlay olmasliklari mumkin.

Adliya vaziri jinoyat tizimining shakllanish prinsiplarini tanqid qildi
7 fevral 2020, 00:02

Adliya vaziri jinoyat tizimining shakllanish prinsiplarini tanqid qildi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tergov va sudlov tizimiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarini bildirdi. U aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etilmaslik holatlariga ham to‘xtaldi.

O‘zbekistonning AQSH «qora ro‘yxati»dan chiqish shartlari ma’lum qilindi
6 fevral 2020, 20:48

O‘zbekistonning AQSH «qora ro‘yxati»dan chiqish shartlari ma’lum qilindi

AQSH elchisi O‘zbekistonga savdo imtiyozlari, turli davlat kreditlari berilmayotganiga sharh berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqib ketish yo‘llari bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting