7−8 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga xorijiy janubiy tumanlardan juda iliq havo oqimi kirishda davom etadi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Mamlakat hududida avvalgidek havo ochiq, harorat 17−20 daraja iliq bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10−12 darajaga yuqoridir. Ba’zi joylarda shamolning tezligi 15−20 m/s gacha yetishi kutilmoqda, 23−28 m/s gacha kuchayishi ham mumkin.

Yakshanba kuni O‘rta yer dengizi mintaqalari ustida shakllangan siklon mamlakat hududiga kira boshlaydi. Respublika bo‘ylab shamolli ob-havo saqlanib turadi, osmon quyuq bulutli bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarida, shuningdek, markaziy va janubiy viloyatlarda hamda Toshkentda kechga yaqin biroz yomg‘ir yog‘adi, Farg‘ona viloyatida havo yog‘ingarchiliksiz qoladi.

Havo harorati biroz pasayadi, ammo u hali ham odatdagidan sezilarli darajada yuqori: kechasi 4−7 daraja iliq, kunduzi esa 14−17 daraja, ba’zi joylarda 20 darajagacha iliq bo‘ladi. Kunduzgi harorat faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida keskin pasayadi — +3… +8 darajagacha.