Qurilish ishlariga ruxsat berish 59 kunga kamaytirildi
13 fevral 2020, 08:26

Qurilish ishlariga ruxsat berish 59 kunga kamaytirildi

Qurilishga ruxsat berishning Qurilish vazirligiga oid qismida jarayonlarni 84 kundan 25 kunga qadar qisqartirish rejalashtirilmoqda. Qurilish nazorati inspeksiyasidan ishni boshlash uchun ruxsat olish butunlay bekor qilindi.

«Samarqand — Toshkent — Sankt-Peterburg» avtobus reysi yo‘lga qo‘yiladi
13 fevral 2020, 08:13

«Samarqand — Toshkent — Sankt-Peterburg» avtobus reysi yo‘lga qo‘yiladi

25 fevraldan «Samarqand — Toshkent — Sankt-Peterburg» yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi Samarqanddan — 840 ming so‘m, Toshkentdan — 800 ming so‘m.

Qurilish loyihalarini ekspertiza qilish tartiblari o‘zgaradi
12 fevral 2020, 22:48

Qurilish loyihalarini ekspertiza qilish tartiblari o‘zgaradi

Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari o‘zgarmoqda. Endilikda tenderda ishtirok etish va boshqa maqsadlarda quruvchi korxonalar reytingi tuziladi.

Chelyabinsk viloyatidagi YTHda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
12 fevral 2020, 19:03

Chelyabinsk viloyatidagi YTHda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Chelyabinsk viloyatidagi (Rossiya) YTHda o‘zbekistonlik ayol hayotdan ko‘z yumdi, yana ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizildi.

«Ahmadboy ishi» bo‘yicha to‘rtinchi sud hukmi e’lon qilindi
12 fevral 2020, 16:31

«Ahmadboy ishi» bo‘yicha to‘rtinchi sud hukmi e’lon qilindi

«Ahmadboy ishi» doirasida Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakuniga yetdi va hukm e’lon qilindi.

YeTTB korzinka.uz aksiyalar paketini sotib oldi
12 fevral 2020, 15:51

YeTTB korzinka.uz aksiyalar paketini sotib oldi

YeTTB korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining aksiyalar paketini sotib oldi. Riteyler do‘konlari sonining deyarli uch baravarga ko‘payishi kutilmoqda.

«Umid» jamg‘armasi bitiruvchisi XTVda rahbar lavozimiga tayinlandi
12 fevral 2020, 15:36

«Umid» jamg‘armasi bitiruvchisi XTVda rahbar lavozimiga tayinlandi

«Umid» jamg‘armasi bitiruvchisi Laziz Xo‘jaqulov Xalq ta’limi vazirligi AKTni joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston aeroportlari tender asosida boshqaruvga topshiriladi
12 fevral 2020, 14:38

O‘zbekiston aeroportlari tender asosida boshqaruvga topshiriladi

Chet el kompaniyalari O‘zbekiston aeroportlarni boshqarishga tender orqali jalb qilinadi, deya ma’lum qildi transport vaziri Rossiyaning «Novaport» kompaniyasi bilan rejalashtirilgan hamkorlik atrofidagi vaziyatga izoh berarkan.

Buxoro viloyatidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
12 fevral 2020, 13:21

Buxoro viloyatidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Buxoro viloyatida Nexia yo‘l chetiga chiqib ketdi va bir necha marta ag‘darildi. Ikki kishi qurbon bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.

«Snos» va noqonuniy qurilgan turar joylarni buzish o‘rtasida qanday farq bor?
12 fevral 2020, 12:50

«Snos» va noqonuniy qurilgan turar joylarni buzish o‘rtasida qanday farq bor?

Adliya vazirligi «snos» va o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy joylarni buzish o‘rtasidagi farqlar, qaysi hollarda tovon puli to‘lanishi, qaysi hollarda esa aybdorlar jarimaga tortilishini izohladi.

JSST Yevropa mintaqaviy byurosi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi
12 fevral 2020, 12:34

JSST Yevropa mintaqaviy byurosi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi

JSST Yevropa mintaqaviy byurosi bilan sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni yaxshilashga qaratilgan ikki yillik kelishuv imzolandi.

Oybek Qosimov Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
12 fevral 2020, 11:37

Oybek Qosimov Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Oybek Qosimov MOQ bosh kotibi etib saylandi.

YPX xodimlarining yangi formasi taqdim etildi
12 fevral 2020, 11:29

YPX xodimlarining yangi formasi taqdim etildi

Toshkent shahrining turli nuqtalarida Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yangi formasi tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Xitoyga ko‘mak yuboradi
12 fevral 2020, 10:52

O‘zbekiston Xitoyga ko‘mak yuboradi

Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Xitoyga koronavirus tarqalishiga qarshi kurash harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida gumanitar yordam yuboradi.

Umra ishini faqat bitta shirkat 12 yildan beri tashkil qiladi
12 fevral 2020, 08:12

Umra ishini faqat bitta shirkat 12 yildan beri tashkil qiladi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarga Umra safarini tashkil etishda faqat bitta kompaniya xizmat ko‘rsatadi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Musulmonlar idorasi ushbu kompaniya bilan 12 yildan beri hamkorlik qiladi.

Aksilkorrupsiya organini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
11 fevral 2020, 21:24

Aksilkorrupsiya organini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda aksilkorrupsiya organini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalar uchun korrupsiyaga qarshi dasturlarni ishlab chiqish va davlat organlarida komplayens nazorat tizimini joriy etish belgilandi.

YTHlarni «Yevroprotokol» bo‘yicha — YHXB xodimlarisiz rasmiylashtirish taklif qilinmoqda
11 fevral 2020, 19:51

YTHlarni «Yevroprotokol» bo‘yicha — YHXB xodimlarisiz rasmiylashtirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda YTHlarni «Yevroprotokol» bo‘yicha — YHXB xodimlari ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bank tizimida ipoteka ta’tili joriy etiladi
11 fevral 2020, 18:47

Bank tizimida ipoteka ta’tili joriy etiladi

Bank qonunchiligiga «ipoteka ta’tili» tartibini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Qarzdor ipoteka kreditlarini to‘lashni kechiktirish huquqiga ega bo‘ladi.

Qariyb 50 ming kishi 1 apreldan O‘zbekiston fuqaroligini oladi
11 fevral 2020, 18:25

Qariyb 50 ming kishi 1 apreldan O‘zbekiston fuqaroligini oladi

1 apreldan boshlab 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon doimiy istiqomat qilayotgan shaxslarga mamlakat fuqaroligi avtomatik tarzda beriladi.

2020 yilgi davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi
11 fevral 2020, 17:32

2020 yilgi davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi

«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting