AQSHdagi Dolbi kinoteatrida deyarli 3,5 soat davom etgan taqdirlash marosimida kutilganidek aktyor Xoakin Feniks («Joker») «Oskar»ga loyiq topildi. «Eng yaxshi aktrisa» nominatsiyasida Rene Zellreger («Judi») mukofotlandi.

«Eng yaxshi xorijiy film» yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan «Parazitlar» filmi mukofotni «Eng yaxshi ssenariy» uchun ham qabul qildi. Shuningdek, Janubiy Koreya ijod mahsuli bo‘lmish film mukofotning bosh nominatsiyasi — «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissyor ishi» uchun yana haykalchalarga ega chiqdi.

Joriy yilda «Eng yaxshi kompozitor» uchun «Oskar» «Joker» filmiga bastalangan kuy muallifi Xildur Gudnadottirga nasib etdi. Kino olamida yangragan eng yaxshi qo‘shiq esa «Roketmen»dagi (I’m Gonna) Love Me Again bo‘ldi.

Noan’anaviy operatorlik ishi bilan tasvirga olingan «1917» filmidagi tasvirchi, vizual effekt va ovoz ustalari ham «Oskar»ga loyiq topildi.

Foto: Oskar kinoakademiyasi

Mashhur aktyor Bred Pitt ham mukofotga sazovor bo‘ldi. U ikkinchi plandagi ijrochi nominatsiyasida «Bir paytlar Hollivudda» filmidagi roli uchun mukofotni oldi.