Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident u yerda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Bo‘lajak tadbir doirasida tashkilot mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladi hamda MDH makonida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadi.