UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi
25 dekabr 2023, 12:54

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi

UzAuto Motors kiberhujumlarga uchragan va ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini qayta ishga tushirdi. Onlayn kontraktatsiya 25-dekabr kuni soat 14:00 da yana ochiladi va faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
25 dekabr 2023, 12:54

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 26−27 va 29-dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi, shimolda qorga aylanishi kutilmoqda. Harorat kechalari +2…+7, kunduzi +8…+13 daraja (29-dekabrda +5…+10) iliqqacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Oila sudyalari tashkil etiladi
25 dekabr 2023, 12:05

Oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Oila sudyalari tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan 1-fevraldan Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarida Oila sudyalari tashkil etiladi.

Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil qilindi — manzillar
25 dekabr 2023, 11:50

Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil qilindi — manzillar

Toshkentdagi bir qator bozorlar hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Dam olish kunlari hududda madaniy dasturlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda. Manzillar.

“Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin, u OTMga kirishda imtiyoz beradi
25 dekabr 2023, 11:15

“Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin, u OTMga kirishda imtiyoz beradi

Mudofaa vazirligi taklifi bilan 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar uchun “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi kutilmoqda. Nishon harbiy OTMlarga kirishda qo‘shimcha 3 ball beradi.

Dunyodagi neft narxi O‘zbekistondagi benzin narxlariga qanday ta’sir qilmoqda?
25 dekabr 2023, 10:49

Dunyodagi neft narxi O‘zbekistondagi benzin narxlariga qanday ta’sir qilmoqda?

MHTI ekspertlariga ko‘ra, 2022−2023-yillarda jahon bozoridagi neft narxi O‘zbekistondagi benzin narxlariga 1 oylik kechikish (lag) bilan ta’sir qildi. Shuningdek, talab yuqori bo‘lgan Ai-80 va Ai-92 markali benzinlarning ulgurji narxlari jahon bozoridagi neft narxiga sezuvchan ekani aniqlandi.

Navoiyda Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi
25 dekabr 2023, 10:37

Navoiyda Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi

Qiziltepa tumanida Cobalt avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Oqibatda haydovchi jarohatlandi, uning 3 yoshli bolasi shifoxonada vafot etdi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi
25 dekabr 2023, 10:10

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Prezident farmoni bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi. Shuningdek, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li va qator gumonlanuvchilar ushlandi
25 dekabr 2023, 09:24

“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li va qator gumonlanuvchilar ushlandi

Toshkent shahri IIBB tovlamachilikda gumonlanib hibsga olingan yana 6 nafar shaxsning nomlari va suratlarini e’lon qildi. Ular orasida avvalroq hibsga olingan “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev va bir ayol ham bor.

14 yildan beri Tomdi tumaniga hokimlik qilib kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi
24 dekabr 2023, 23:51

14 yildan beri Tomdi tumaniga hokimlik qilib kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi

2009-yildan beri Navoiy viloyati Tomdi tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Kayrat Aldabergenov lavozimidan ozod etildi.

UZTELECOM vakillari IPO natijalari bilan bo‘lishdi
24 dekabr 2023, 17:00

UZTELECOM vakillari IPO natijalari bilan bo‘lishdi

20-dekabr kuni “Toshkent” Respublika fond birjasiga 5,5 mln donadan ortiq oddiy aksiyalar chiqarildi. Savdo hajmi 650 mln so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Toshkentda to‘rt kishi qidiruvga berildi (foto va ismlar)
24 dekabr 2023, 14:08

Toshkentda to‘rt kishi qidiruvga berildi (foto va ismlar)

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblangan to‘rt nafar shaxsni qidiruvga berdi. Ularning ismlari va suratlari.

Andijondagi NRG biznes-klassga mansub NRG Nigorxonim turar-joy majmuasidagi xonadonlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi
24 dekabr 2023, 13:00

Andijondagi NRG biznes-klassga mansub NRG Nigorxonim turar-joy majmuasidagi xonadonlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistondagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri — NRG Andijonda birinchi turar-joy majmuasini qurishini e’lon qildi. Birinchi bosqichdagi xonadonlari sotuviga 17-dekabr kuni start berildi.

O‘zbekiston noyabrda Xitoyga gaz eksportini oshirdi
24 dekabr 2023, 12:19

O‘zbekiston noyabrda Xitoyga gaz eksportini oshirdi

Noyabr oyida O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini oshirib, 54,59 mln dollarlik gaz sotdi. Shu bilan birga, yil boshidan buyon eksport hajmi 509,03 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki baravar kam.

Bolalar ombudsmani Qashqadaryo viloyatida erta nikoh holatlarini o‘rgandi
24 dekabr 2023, 11:20

Bolalar ombudsmani Qashqadaryo viloyatida erta nikoh holatlarini o‘rgandi

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanlarida erta nikoh va o‘quvchi qizlar unashtirilayotgani bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi. Kosonda 18 yoshga to‘lmagan qizning to‘yi to‘xtatildi. Ko‘kdalada 3 ta holatda qizlar va ularning ota-onalari unashtiruv yoki to‘yga tayyorgarlik bo‘lmaganini aytdi.

Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilar mukofotlandi
24 dekabr 2023, 10:22

Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilar mukofotlandi

Prezident Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash, shuningdek, FAning navbatdagi haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Ro‘yxat.

Prezident metsenatlikni “doimiy ishlaydigan tizim”ga aylantirish topshirig‘ini berdi
24 dekabr 2023, 09:54

Prezident metsenatlikni “doimiy ishlaydigan tizim”ga aylantirish topshirig‘ini berdi

“Do‘stlar klubi” O‘zbekiston madaniyat muassasalariga 85 mlrd so‘mlik xayriya yordamini ko‘rsatdi, dedi prezident. Uning fikricha, metsenatlik harakatini doimiy ishlaydigan tizimga aylantirish kerak.

Toshkentda qator jinoyatlarda gumonlangan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi (foto)
24 dekabr 2023, 09:42

Toshkentda qator jinoyatlarda gumonlangan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi (foto)

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik, tovlamachilik va bezorilikda gumon qilingan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Foto.

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi
23 dekabr 2023, 19:00

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi

Tadbir butun Chery modellari qatori egalarini birlashtirdi: Arizzo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro Max krossoverlarigacha. Avtomashinalarining katta karvoni Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi.

“Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 25-dekabrdan qayta ishga tushadi
23 dekabr 2023, 17:33

“Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 25-dekabrdan qayta ishga tushadi

Avgust oyida yopilgan “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 25-dekabrdan qayta ishga tushadi. Yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 4 daqiqagacha qisqartiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting