“O‘zbektelekom” AK oddiy aksiyalari 20-dekabrdan boshlab “Toshkent” Respublika fond birjasida savdosi boshlandi. Ushbu tadbir investorlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

“Toshkent” fond birjasida kompaniya aksiyalariga talab katta bo‘lib, ushbu aksiyalarga xarid qilish uchun talab, sotish taklifidan o‘rtacha 8−10 baravarga oshib ketdi. Bundan tashqari, ular kunning faol sotilgan aksiyalariga aylandi: birja savdolari hajmi 667 mln so‘mni tashkil etib, bu navbatdagi ommabop aksiyalarning birja savdosi hajmidan 20 baravar ko‘pini tashkil etdi. Natijada aksiyalar narxi kun davomida 25 foizga ko‘tarildi va bir dona aksiya uchun 7500 so‘m narx belgilandi.

IPO davomida 5 542 046 dona qo‘shimcha oddiy aksiyalar chiqarilib, har bir aksiyani joylashtirish narxi 6000 so‘mni tashkil etgandi. IPO natijasida 11 mingga yaqin chakana va 10 ta korporativ, institutsional investorlar kompaniyaning bir qismiga aylandi. Potensial investorlarni o‘ziga jalb etgan muhim jihatlardan biri bu adolatli qiymatdan, ya’ni har bir aksiya uchun 9135 so‘mdan 35 foizlik chegirmani tashkil etdi. Ushbu qadam kompaniyaning strategik o‘rnini ta’kidlab, potensial aksiyadorlar uchun jozibador kirish nuqtasini belgiladi.

Portfolio Investments MCHJ, “O‘zbekiston milliy banki” va “O‘zsanoatqurilishbank” anderrayterlar konsorsiumi tomonidan tashkil etilgan IPO roudshousi (Road Show) investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi. UZTELECOM aksiyalari O‘zbekiston IT-sohasidagi o‘sish aksiyalari (Growth Stocks) sifatida investorlarning e’tiborini tortdi. Investorlarning yuqori qiziqishi IPO`da taklif qilingan aksiyalarga talabni 131 foizga oshishiga olib keldi (Oversubscription).

IPO davomida Jett servisi orqali 15 mingdan ortiq chakana hisob raqamlari ochildi, ularning 70 foizidan ortig‘i UZTELECOM aksiyalarini sotib olishga buyurtma berishdi. Chakana investorlar birgalikda yangi emissiyaning 2 mlndan ortiq aksiyalarini sotib olishdi, bu umumiy taklifning qariyb 40 foizini tashkil etdi. Korporativ va institutsional investorlar ham katta qiziqish bildirib, 3,5 mlndan ortiq aksiyalarini sotib olishdi.

Bozorning bu ijobiy reaksiyasi UZTELECOM`ning bozordagi ishtirokiga ishonch va ishtiyoq ortib borayotganini ta’kidlaydi.


UZTELECOM O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasining yetakchilaridan biri bo‘lib, uchta asosiy segmentda faoliyat yuritadi: mobil aloqa, keng polosali ulanish va ma’lumotlar markazlari. Kompaniya IPO`dan olingan mablag‘ni mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va kengaytirishga yo‘naltirmoqchi.

UZTELECOM ma’lumotlar markazlarini qurish, optik tolali tarmoqlarni kengaytirish va mobil baza stansiyalarini modernizatsiya qilishga katta mablag‘ sarflamoqda. Yig‘ilgan mablag‘lar kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlash va operatsion imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

Koll-sentr: 1099.

Ijtimoiy tarmoqlar: utc.uz/scl
MyUZTELECOM ilovasi: App Store i Google Play
Sayt: uztelecom.uz
Texnik yordam: utc.uz/00e17
Telegram-bot: utc_uzbot

Reklama huquqlari asosida.