Shavkat Mirziyoyev Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Unga ko‘ra, mukofotlar “ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqning intellektual salohiyatini yuksaltirish, fan-texnika taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, nufuzli xorijiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi” va boshqa xizmatlari uchun berildi.

Taqdirlanganlar ro‘yxati

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan:

Abbasxan Sabirxanovich Turayev — Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:

Diloram Yunusovna Yusupova — Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:

Shafaat Sattarovich Namazov — Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik.

“Do‘stlik” ordeni bilan:

  • Svetlana Dmitriyevna Gusakova — Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti bosh ilmiy xodimi, professor;
  • Abdulaxat Turapovich Jalilov — “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi direktori, akademik;
  • Elvira Memetovna Ibragimova — Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi, professor;
  • Nasir Shakirovich Saidxanov — Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi, professor;
  • Olimjan Kaxxarovich Xojimatov — Fanlar akademiyasining Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog‘i laboratoriya mudiri, professor.

“Shuhrat” medali bilan:

  • Izzet Kalliyevich Aimbetov — Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri;
  • Saida Ravilevna Ilyasova — Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi;
  • Oybek Xayrilayevich Ishnazarov — Fanlar akademiyasining Energetika muammolari instituti direktori o‘rinbosari, professor;
  • Dilbar Gafurjanovna Muxamedova — Milliy universitetning psixologiya kafedrasi mudiri, professor;
  • Xusniddin Kosimovich Olimov — Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti direktori, professor;
  • Shermaxamat Daliyevich Payziyev — Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, professor;
  • Durdona Sidikovna Xudayberganova — Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri, professor;
  • Abdullo Raxmonovich Hayotov — Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor;
  • Niginaxon Arslonovna Shermuxamedova — Milliy universitetning falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri, professor.

Prezidentning yana bir farmoni bilan 16 kishi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari etib tasdiqlandi.

“Gazeta.uz” Toshkentda dekabr oyida Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tishi, xususan, xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalar o‘tkazish hamda akademiyaning yangi haqiqiy a’zolarini qabul qilish ko‘zda tutilgani haqida yozgandi.