NRG Nigorxonim — bu zamonaviy texnologiyalar, nafis uslub, qulaylik va xavfsizlik uyg‘unligi. Majmua infratuzilmasi rivojlangan hududda joylashgan bo‘lib, farovon hayot kechirish uchun barcha shart-sharoit bilan ta’minlangan. Yaqin atrofda davlat va xususiy maktablar, shifoxona, savdo va ko‘ngilochar markazlar, restoranlar, istirohat bog‘i, diqqatga sazovor joylar, masjidlar joylashgan.

nrg-nigorxonim, reklama

O‘ylangan landshaft dizayni va atrofdagi puxtalik bilan yaratilgan yo‘laklar turar-joy majmuasi aholisi uchun maksimal qulaylikni yaratadi. Ularning bemalol xotirjam sayr qilishlarini ta’minlash maqsadida yo‘laklar usti bir tekis qilib qoplangan. Bu TJMga tutash hududga o‘zgacha ko‘rk ham bag‘ishlaydi.

Birinchi qavatdagi xonadonlar egalari o‘zlarining aloxidagi shinam hovlisiga ega bo‘ladilar. Ushbu funksional element sizning uyingizga qo‘shimcha joy va qulaylik yaratadi. O‘z hovlisiga ega bo‘lish dam olish va toza havoda vaqt o‘tkazish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Ushbu original yechim erkinlik va shaxsiy hayotni qadrlaydiganlarning ehtiyojlarini qondirish, xonadoninni qulaylik va dam olish uchun noyob makonga aylantirish uchun mo‘ljallangan.

NRG Nigorxonim majmuasida kundalik hayotda farovon yashash bilan birga, bugungi kunning zamonaviy band kishisi uchun ko‘pincha yetishmaydigan bo‘sh vaqtini qiziqarli va mazmunli o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilgan.

Hovli ichida oilangiz, do‘stlaringiz va qo‘shnilaringiz bilan yoqimli pikniklar tashkil qilishingiz uchun mo‘ljallangan maxsus barbekyu joylari mavjud. Bu yerda, ochiq havoda, mazali taomlar tayyorlab, yaqinlaringiz davrasida vaqt o‘tkazishingiz mumkin. Bu munosabatlarni mustahkamlash uchun qulay va iliq muhit yaratiladigan joydir.

nrg-nigorxonim, reklama

NRG Nigorxonim majmuasida kichik yoshdagi farzandlari bor oilalar u’zlarini erkin his qilishadi. Zamonaviy maydonchalari bolalar o‘yinlari uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar bilan jihozlangan va xavfsizlik standartlariga javob beradi. Hovlida aravachalarga mo‘ljallangan joylar ajratilgan, piyodalar yo‘laklari esa ota-onalar aravachalar bilan qulay yura oladidar.

nrg-nigorxonim, reklama

Turli darajadagi majmua aholisi uchun xotirjamlikni ta’minlaydigan ilg‘or xavfsizlik tizimi juda muhim. IP-domofon tizimi xonadoningizni himoya qilish uchun ishonchli vosita. Ushbu zamonaviy texnologiya xavfsizlikni kafolatlaydi. U nafaqat kirish-chiqishni boshqaradi, balki internet protokoli orqali domofon tizimi bilan samarali o‘zaro aloqani ham ta’minlaydi. Shunday qilib, aholining ko‘ngli xotirjam, chunki uylari ishonchli himoyada, o‘zlari esa xavfsiz va qulay yashash joyi bilan ta’minlanadilar.

nrg-nigorxonim, reklama

Avtomobillari bor aholi uchun yopiq avtoturargoh qo‘rilmoqda va harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun joylar mavjud bo‘ladi. Avtoturargohga kirishni esa aqlli shlagbaum boshqaradi.

Foydalanishga topshirilgandan so‘ng, xonadonlar va majmua hududida texnik xizmat ko‘rsatish NRG Service boshqaruv kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. U 24/7 yordam va individual yondashuvni ta’minlaydi. Kompaniya xonadonlarga qarashdan tashqari aholi uchun bayram va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil qiladi.

Bir nechta bloklarning birinchi qavatlari tijorat uchun ajratilgan. U yerlarda turar-joy majmuasi va qo‘shni xonadonlar aholisi bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

nrg-nigorxonim, reklama

NRG Nigorxonim turar-joy majmuasini loyihalash va qurish jarayonida qulay yashash sharoitlarini yaratish uchun samarali texnologiyalardan foydalanildi.

Turar-joy majmuasidagi xonadonlarni birinchilardan bo‘lib xarid qilishga shoshilish maqul, bu yerda zamonaviy aholining barkamol va farovon hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar mavjud.

Yoqimli bonus sifatida kompaniya NRG club`ga a’zolikni qo‘lga kiritgan mijozlar uchun sodiqlik dasturini taqdim etadi. Ushbu kartalar yordamida mijozlar shaxsiy chegirmani hajmini oshirish imkoniyatiga ega.

Telefon: 1060.
Manzil: Andijon viloyati, Alisher Navoiy ko‘chasi, 100.

Reklama huquqlari asosida.