Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi jarohatlandi, 3 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

24-dekabr soat 09:50 atrofida fuqaro F.D. Cobalt avtomashinasida tumandagi kafelardan birining avtoturargohda bo‘lgan. Shu paytda mashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlab ketishi oqibatida haydovchi va uning 3 yoshli voyaga yetmagan farzandi R.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Haydovchining farzandi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.