Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Dehqon bozorlari 2024-yilning 1-yanvar kuni ham ishlaydi. Tashkil qilingan bozorlar ro‘yxati:

  • Bektemir tumani — “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;
  • Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori” AJ;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z dehqon bozori” AJ;
  • Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori” AJ;
  • Olmazor tumani — “Qoraqamish dehqon bozori” AJ;
  • Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori” AJ;
  • Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori” AJ;
  • Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;
  • Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ;
  • Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori” AJ;
  • Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori”AJ;
  • “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ;

Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura yarmarkalarda narxlarni asossiz ravishda oshirishga urinishlarni nazorat qilishi bildirilgandi.