Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi va boshqa tashkilotlar tomonidan poytaxtda jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan yana olti nafar shaxs qo‘lga olindi. Operatsiya jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktika tadbirlari doirasida o‘tkazildi.

Hibsga olinganlar orasida dekabr oyi boshida ushlangan “Baxti Tashkentskiy” va “Baxti Yangiabadskiy” laqabli 52 yoshli Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li — 27 yoshli Ixtiyor Qudratullayev ham bor.

Unga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (O‘ta xavfli takroriy jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab o‘ta yirik miqdorda sodir etilgan tovlamachilik; 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Uning otasiga nisbatan xuddi shunday modda bilan, shuningdek, 276-moddaning 2-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

jinoyat, тошкент шаҳар ииб, тошкент шаҳар иибб

Hibsga olinganlar ro‘yxatidan IIBB xabar bergan birinchi ayol — 40 yoshli Nargiza Rustamovna Jumaniyozova ham bor. Unga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi (Tovlamachilik, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa; 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Boshqa hibsga olinganlar:

jinoyat, тошкент шаҳар ииб, тошкент шаҳар иибб

Begzod Baxtiyorovich Zafarov, 29 yosh — u ham Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinmoqda.

jinoyat, тошкент шаҳар ииб, тошкент шаҳар иибб

Jahongir Jurayevich Badalov, 48 yosh — Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi va 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik).

jinoyat, тошкент шаҳар ииб, тошкент шаҳар иибб

Sherali Ro‘ziyevich Sulaymonqulov, 45 yosh — Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi.

jinoyat, тошкент шаҳар ииб, тошкент шаҳар иибб

Akmaljon Narimon o‘g‘li Tursunboyev, 28 yosh — Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi.

Fuqarolardan ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rganlar bo‘lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsa, Toshkent shahri IIBBning 71 206 45 69, 71 206 49 46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99 370 73 94 Telegram raqamiga murojaat qilishlari so‘raldi.

Poytaxt IIBB jinoyat ishi bo‘yicha tergov davom etayotganini ma’lum qildi. Ishning boshqa tafsiloti haqida quyidagi o‘xshash xabarlar bo‘limida o‘qing.