Avgustda yopilgan “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari faoliyati 25-dekabrdan qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” xabar qildi.

Qayd etilishicha, bekatlar ish faoliyati soat tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar doimiy reja asosida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

“Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga yetkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.