Chery o‘tgan dam olish kunlarida brendning barcha avtomobillari modellari egalarini yirik tadbirda jamladi, avtokarvonda Arrizo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro Max krossoverlarigacha ishtirok etdi. Ushbu karvon ishtirokchilari O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiladi va ular brend ishtiyoqmandlarining do‘stona hajmamiyatini shakllantirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladi.

реклама

Chery avtomashinalarining katta karvoni Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi. Chery avtomobillarining 100 ga yaqin egalari sayohatda ishtirok etib, o‘z avtomobillarining imkoniyatlarini yana bir bor sinab ko‘rdi.

реклама

Mijozlar belgilangan masofani bosib o‘tish orqali avtomobilning imkoniyatlarini to‘liq baholashi mumkin edi. Ko‘pgina xaridorlar mashina murakkab ob-havo sharoitida ham yo‘l yuzida erkin harakatlanishiga guvoh bo‘ldi, shuningdek, yana boshqa qulayliklarni sinab ko‘rdi.

реклама

Tadbir Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida yakunlandi, u yerda mehmonlarni milliy tarixiy libos kiygan posbonlar kutib olib, bayramga sharqona fayz qo‘shdi.

реклама

Musobaqa doirasida ishtirokchilar uchun “Boqiy shahar” majmuasi bo‘ylab qiziqarli kvest tashkil etildi, unda har bir ishtirokchi o‘zini haqiqiy sharqona muhitda his etdi, deyish mumkin.

Tadbir O‘zbekistondagi Chery brendi hamda ADM Global distribyutori tashabbusi bilan tashkil etilgan With Chery With Love loyihasi doirasida o‘tkazildi.

реклама

ADM Global va Chery o‘z mijozlarini qo‘llab-quvvatlash va avtomobil egalari orasidagi ishonch darajasini mustahkamlash maqsadida shu kabi tadbirlarga sarmoya kiritishda davom etmoqda.

реклама

With Chery With Love loyihasi uchrashuv, sarguzasht va tajriba almashish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida rivojlanadi, bu esa Chery kompaniyasi o‘z mijozlarining hayot sifatini yaxshilashiga sodiqligini isbotlaydi.

O‘zbekistondagi rasmiy dilerdan sotib olingan Chery avtomobillarining barcha egalari ushbu qiziqarli loyihaning bir qismi hisoblanadi.

Telefon: (+998)-71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: Cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.