Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydigan qonun loyihasini (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-moddasi va Jinoyat kodeksining 141-moddasi) muhokamaga qo‘ydi.

Taklif qilinayotgan tuzatishlarga ko‘ra, bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi, shuningdek, ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlari BHMning 40 dan 70 baravarigacha (9,8 mln so‘mdan 17,1 mln so‘mgacha) jarimaga tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritilib, veb-sayt egalariga O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston hududida saqlash majburiyati yuklangani haqida xabar bergan edik.