18 mart kuni soat 9:20 atrofida kuchli shamol esishi oqibatida Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Xalq banki filiali binosinining tom qismi qulab tushdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot хизматихабар bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, uchib ketgan tom qismi binoning janubiy-g‘arbiy qismidagi, odatda fuqarolar bo‘lmaydigan qismiga tushgan, jabrlanganlar yo‘q.

Hodisa oqibatda Boyovut tumanidagi «Sohil», «Beruniy», «Uchturgona» va «Alisher Navoiy» mahallalariga yo‘naltirilgan tarmoq elektr energiya uzatishdan vaqtincha uzildi.

Bundan tashqari daraxtning shamol ta’sirida qulashi natijasida «Madaniyat», «Uchturgon» va «Olmazor» mahallalarida ham elektr energiya uzatish vaqtincha to‘xtatildi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar bugun soat 15:00 ga qadar bartaraf etilishi aytilmoqda.