19−20 martda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

18−20 martda respublikaning ba’zi joylarida shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18−19 martda 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

20 martda respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20 martda havo harorati kechasi va kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.