Texnopark kompaniyasi 2020 yilning fevral oyida Italiyaning Pietro Fiorentini kompaniyasi texnologiyalari asosida Osten aqlli gaz xisoblagichlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya matbuot xizmati rahbari Nargiz Shoislomova hisoblagichlarning qanday tuzilgani va ishlashi bilan bog‘liq savollarga javob berdi.


Ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish

Osten hisoblagichlari bejizga «aqlli» deb nomlanmaydi. Har bir hisoblagich haroratni to‘g‘irlovchi korrektor bilan jihozlangan va kalibrlangan. Qishda gaz zichlashadi, yozda esa kengayadi. Kalibrlash iste’mol qilinadigan gaz hajmini hisoblashga ta’sir qilmagan holda muvozanatni saqlab turadi. Ya’ni, Osten aqlli gaz hisoblagichlari faqat o‘zi o‘tkazadigan gazni hisoblaydi.

Shuning uchun, hisoblagichlarning to‘g‘ri o‘rnatilishi juda muhimdir. Buni qanday amalga oshirish esa har bir hisoblagichga biriktirilgan rus va o‘zbek tillaridagi yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan. Unda ko‘plab savollarga javob topish mumkin. Gaz hisoblagichlari esa bepul o‘rnatiladi.

Hisoblagichlarning qulflanib qolishi

Hisoblagich to‘silib qolishining birinchi sababi — bu gaz iste’moli uchun qarz, ya’ni hisobdagi pulning yetishmasligi. Texnopark gaz hisoblagichlarini ishlab chiqaradi, ammo gaz bilan ta’minlamaydi, iste’molni hisobini obib bormaydi yoki haq olmaydi. Shu sababli, kompaniya qarzlar qayerdan kelib chiqqanligi, jarimalar qanday hisoblanganligi yoki hisobda pul bor yoki yo‘qligi borasidagi savollarga javob bera olmaydi.

Hisoblagichni qulfdan chiqarish

Hisoblagichni qulfdan chiqarish o‘zbek tilidagi bosqichma-bosqich ko‘rsatmalarda 9-betda va rus tilida tasvirlangan yo‘riqnomalarda 19-sahifada ko‘rsatilgan. Jarayon 10 bosqichni o‘z ichiga oladi. Hisobda pul tugab, gaz ta’minoti o‘chirilganda, to‘lovni amalga oshirish kerak. Shundan so‘ng, telefonga maxsus kod keladi. Kod yo‘riqnomaga muvofiq tarzda hisoblagichga kiritilishi kerak. Ushbu kodni kiritishdan oldin barcha gaz iste’mol qilish moslamalarini (gaz plitalari, barcha turdagi qozonlarni) o‘chirib qo‘yish kerak bo‘ladi.

Kodni kiritgandan olti daqiqa o‘tgach, yana gaz ta’minoti tiklanadi. Ushbu olti daqiqa davomida hisoblagich gaz quvurini tekshiradi. Bu xavfsizlik qilinadi.

Ko‘pgina fuqarolar jarayonni murakkab deb hisoblashadi va to‘lovdan keyin ta’minot avtomatik ravishda davom etishini xohlashadi. Ammo bu texnologiya nuqtai nazaridan mumkin emas. Aqlli texnologiyalar birinchi navbatda xavfsizlikni ko‘zda tutadi.

Masalan, fuqaroning uyida gaz ta’minoti uzib qo‘yildi. Uydan chiqayotib, u «konforka»ni buramaydi yoki «kotyol»ni yoniqligicha, gaz quvuri moslamasini ochiqdigicha qoldirdi. Ijarachi hisobni mobil telefon bilan to‘laydi va ta’minot avtomatik ravishda ishlashni byuoshlaydi. Ayni paytda «konforka» gaz o‘tkazadi. Bunday holatda har qanday uchqun alangalanishi mumkin.

Aqlli hisoblagich texnologiyasi buni hisobga olgan holda, barcha gaz iste’mol qiluvchi moslamalar o‘chirilganligini tekshiradi. Shuning uchun, unga kod kiritilganidan keyingina gaz kelishi boshlanadi.

Texnopark shuningdek, gaz hisoblagichini o‘zingiz ochishga harakat qilmasligingizni so‘raydi. Bu hisoblagichning qulflanib qolishi holatining ikkinchi sababidir. Barcha savollar bo‘yicha kompaniyaning xizmat ko‘rsatish yoki aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Texnopark saytida gaz hisoblagichlariga bag‘ishlangan bo‘limda uning klapanini qanday ochish kerakligi haqida to‘liq ma’lumotlar va video mavjud.

Kompaniya shuningdek Telegram kanalini yo‘lga qo‘ydi, bu yerda mutaxassislar kodni o‘zi kiritishda qiynalganlarga bosqichma-bosqich ko‘rsatma berishadi. Texnopark xodimlari Pietro Fiorentini mutaxassislari bilan birgalikda klapanni ochish uchun zarur jarayon zanjirini soddalashtirish ustida ishlamoqda. Kompaniya mart oyining oxiriga qadar ushbu jarayonning sezilarli darajada soddalashtirilib, jamoatchilikka taqdim qilinishiga umid qilmoqda.

Xizmat ko‘rsatish va Call-markazi

Call-markaz haftaning yetti kunida ham 24 soat davomida ishlaydi. Ilgari, markazlar ma’lum bir ish tartibiga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari va talablariga ko‘ra, u doimiy ravishda ishlamoqda.

Oldin qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish limiti 20 bo‘lgan bo‘lsa, hozirda navbat 150 tagacha qo‘ng‘iroqqa ko‘paytirilgan. Ko‘pgina fuqarolar xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘ng‘iroq avtomatik ravishda uzilib qolayotganidan shikoyat qilishmoqda.

Tarmoq 50 ta qo‘ng‘iroqni o‘z ichiga oladi. Agar abonent 151 bo‘lib call-markaziga qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lsa, tizim qo‘ng‘iroqni bekor qiladi. Bu shuni anglatadiki, hozirda tarmoqda 150 ta qo‘ng‘iroq mavjud. Operatorlar navbat bo‘yicha abonentlar bilan suhbatlashadi. Barcha savollar bo‘yicha siz saytga, Telegram-kanalga murojaat qilishingiz va xizmat yoki aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Xalkaro press-klub navbatdagi soni ham gaz soxasiga va yangi urnatilayetgan aklli Osten xisoblagichlarga bag‘ishlangan.

Xizmat ko‘rsatish markazi telefon raqami: (+998) 71−210−70−70.

Sayt: texnopark.uz

Reklama huquqlari asosida.