Farg‘onada nogironlik aravachasida tilanchilik qilgan 2 yigit qamaldi
29 mart 2024, 12:25

Farg‘onada nogironlik aravachasida tilanchilik qilgan 2 yigit qamaldi

Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Ular sog‘lom bo‘lsa-da, navbatma-navbat nogironlik aravachasida o‘tirib tilanchilik qilib yurgan.

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi
29 mart 2024, 11:47

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi

Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 mln so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Yer tayyor qilinib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.

Bokschi Shohjahon Ergashev professional boks oqshomida raqibini nokautga uchratdi
29 mart 2024, 11:23

Bokschi Shohjahon Ergashev professional boks oqshomida raqibini nokautga uchratdi

AQShning Michigan shtatida o‘tkazilgan professional boks oqshomida Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertasni 1-raunddayoq mag‘lub etdi. Sportchi uni IBA kamari uchun jangda mag‘lub etgan avvalgi raqibi Sabriel Matiasdan revansh jangini so‘radi.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi
29 mart 2024, 10:47

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni +17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.

Ekologiya sohasidagi 30 nafar hokim o‘rinbosari va vazirlik mas’uli jazolandi
29 mart 2024, 10:21

Ekologiya sohasidagi 30 nafar hokim o‘rinbosari va vazirlik mas’uli jazolandi

“Yashil makon” doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindi bilan ishlash tizimiga javobgar 30 nafar mas’ul jazolandi. 4 ta tuman hokimi o‘rinbosarlari ishdan olindi. Qolganlariga hayfsan berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati ishlab chiqiladi
29 mart 2024, 10:03

Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktabrgacha ta’lim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini ta’minlagan holda “Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari va ta’lim talablarining ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.

Iqlim o‘zgarishi vaqtni hisoblashga ta’sir qilishi mumkin — tadqiqot
29 mart 2024, 09:47

Iqlim o‘zgarishi vaqtni hisoblashga ta’sir qilishi mumkin — tadqiqot

Kaliforniya universiteti (AQSh) yangi tadqiqotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi oqibatida qutb muzliklarining erishi Yerning aylanish tezligiga ta’sir qilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, global vaqt hisobini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Jizzaxda mast holdagi Nexia 2 haydovchisi urib yuborgan 20 yoshli yigit vafot etdi
29 mart 2024, 09:46

Jizzaxda mast holdagi Nexia 2 haydovchisi urib yuborgan 20 yoshli yigit vafot etdi

Forish tumanida mast holda bo‘lgan Nexia 2 haydovchisi yo‘l chetidagi 20 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketdi, yigit shifoxonada vafot etdi. Marhum Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan.

Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi
29 mart 2024, 00:18

Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanib ushlandi. Bosh prokuror Sudyalar oliy kengashiga uni javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma kiritdi. Sudyaning vakolati to‘xtatildi.

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi
29 mart 2024, 00:04

Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Fevral oyida MTRK raisligidan ketgan Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Umid qilamizki, u erishilgan muvaffaqiyatlarning yanada oshishi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda bor kuch, bilim va tajribasini sarflaydi”, — deb yozdi madaniyat vaziri.

Maktab o‘quvchilarining bilimi yakuniy imtihonlarda yangicha usulda baholanadi
28 mart 2024, 23:37

Maktab o‘quvchilarining bilimi yakuniy imtihonlarda yangicha usulda baholanadi

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlardagi bilimi yagona test materiallari asosida baholanadi. Imtihonlar davomida o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga mos keladigan fanni tanlashlari mumkin bo‘ladi. Yangi o‘quv yilidan 14 ta maktabda ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

“Shengen Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin” — YI delegatsiyasi rahbari
28 mart 2024, 22:41

“Shengen Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin” — YI delegatsiyasi rahbari

Yevroittifoqning Toshkentdagi delegatsiyasi 31-martdan boshlab Bolgariya va Ruminiya Shengen hududi tarkibiga kirishini bildirdi. “Shengen YIning eng qimmatbaho gavhari bo‘lib qolmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, — dedi YI elchisi Sharlotta Adrian.

Fitch — O‘zbekiston bank sektoridagi ijobiy o‘zgarishlar uchun risklar haqida
28 mart 2024, 21:44

Fitch — O‘zbekiston bank sektoridagi ijobiy o‘zgarishlar uchun risklar haqida

Fitch agentligi O‘zbekiston bank sektoridagi o‘sishni qayd etdi — urg‘u ko‘proq bozorga asoslangan yondashuvga ko‘chgan. Ammo tashkilot, shuningdek, chuqur tuzilmaviy zaifliklar va yangi risklar tufayli keyingi yaxshilanishlarga erishish uchun ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin, deb hisoblaydi.

Prezident Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hukumati rahbarini qabul qildi
28 mart 2024, 20:13

Prezident Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hukumati rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati xalq hukumati raisi Erkin Tuniyazni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston viloyatlari va SHUAR o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xitoy bilan o‘zaro savdo hajmining qariyb 10 foizi ushbu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi.

Latviya tashqi ishlar vaziri budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro sabab iste’foga chiqadi
28 mart 2024, 19:53

Latviya tashqi ishlar vaziri budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro sabab iste’foga chiqadi

Latviya tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh bosh vazir bo‘lgan vaqtida budjet hisobidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro tufayli o‘z lavozimini tark etishini e’lon qildi. U bosh vazirlik paytida 32 marta shaxsiy samolyotlarda chet el safarlariga borgan va bu budjetga 613 ming yevroga tushgan.

Rossiya Ukrainaga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda — Economist
28 mart 2024, 19:48

Rossiya Ukrainaga qarshi yirik hujumga tayyorlanmoqda — Economist

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi yangi yirik hujumni boshlashi mumkin, Kiyevning unga bardosh bera olish qobiliyati esa bir yil avvalgiga nisbatan “ishonchsizroq ko‘rinmoqda”, deb yozdi Economist. Ukraina zudlik bilan ko‘proq qo‘shin mobilizatsiya qilishi va ishonchli mudofaa chizig‘i qurishi kerak.

Toshkentning markaziy hududlarida bir kunga issiq suv o‘chiriladi
28 mart 2024, 17:55

Toshkentning markaziy hududlarida bir kunga issiq suv o‘chiriladi

Toshkentning markaziy hududlarida 29-mart kuni issiqlik tarmoqlarini sinovdan o‘tkazish munosabati bilan issiq suv bir kunga to‘xtatiladi.

Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilishga Xitoydan kompaniya jalb etilishi mumkin
28 mart 2024, 17:24

Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilishga Xitoydan kompaniya jalb etilishi mumkin

Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Uni ta’mirlash 2022-yil boshida muhokama qilingandi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda pulli yo‘llar qurishni reja qilmoqda.

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi
28 mart 2024, 16:40

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashish reytingi e’lon qilindi

Antikorrupsiya agenligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Vazirliklar orasida Tog‘-kon sanoati vazirligi eng yaxshi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi eng yomon natijani qayd etdi. Hokimliklar orasida eng quyi o‘rindan Andijon viloyati hokimligi joy oldi.

Rossiyadagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi savdo markazlari va konsert zallarida tekshiruv o‘tkaziladi
28 mart 2024, 16:27

Rossiyadagi teraktdan so‘ng Qozog‘istondagi savdo markazlari va konsert zallarida tekshiruv o‘tkaziladi

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Rossiyadagi “Krokus siti holl”da sodir etilgan teraktdan keyin mamlakatning barcha yirik savdo markazlari, konsert zallari va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarini tekshiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting