Fransiya bilan hamkorlikda fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari maktabi ochiladi
30 aprel 2021, 16:59

Fransiya bilan hamkorlikda fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari maktabi ochiladi

Toshkentda Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan hamkorlikda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
30 aprel 2021, 16:55

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 14 so‘mga qimmatladi va jami 10 523 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilindi, eskport cheklandi
30 aprel 2021, 16:53

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i importi QQSdan ozod qilindi, eskport cheklandi

Prezident o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danaginining importini QQSdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shu bilan birga, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritilmoqda.

Bayroq ustuniga ajratilgan 1,35 mlrd so‘mga xaroba yotoqxona ta’mirlanadi — Zoyir Mirzayev
30 aprel 2021, 16:48 1

Bayroq ustuniga ajratilgan 1,35 mlrd so‘mga xaroba yotoqxona ta’mirlanadi — Zoyir Mirzayev

Qashqadaryo hokimi Zoyir Mirzayev viloyatda o‘rnatilishi rejalashtirilgan bayroq va uning ustuniga davlat byudjetidan mablag‘ sarflanmasligini aytdi. Ustunga ajratilgan 1,35 mlrd so‘m mablag‘ Qarshi shahridagi xaroba ahvoldagi 136-sonli oilaviy yotoqxonani ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi. Hokim ustun faqat homiy topilsagina qurilishini ta’kidladi.

101 yoshli urush qatnashchisi koronavirusdan sog‘aydi
30 aprel 2021, 16:43

101 yoshli urush qatnashchisi koronavirusdan sog‘aydi

Zangiotadagi kasalxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan 101 yoshli urush va mehnat faxriysi koronavirusdan butkul sog‘aydi.

Aeroport va vokzallarga kirib-chiqish soddalashtiriladi
30 aprel 2021, 16:40

Aeroport va vokzallarga kirib-chiqish soddalashtiriladi

O‘zbekistonda yaqin oylarda aeroport va vokzallar binolariga erkin kirib-chiqishga ruxsat beriladi. Bu prezidentning yangi qarorida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya paydo bo‘ladi — transport vaziri
30 aprel 2021, 16:11

O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya paydo bo‘ladi — transport vaziri

Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda kamida ikkita yangi aviakompaniya tashkil etilishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi transport vaziri va Uzbekistan Airways rahbari Ilxom Maxkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalar allaqachon fuqarolik aviatsiyasi agentligiga ariza topshirishgan va lizing asosida samolyotlarni sotib olish ustida ish olib borishmoqda. Aviakompaniyalardan biri Air Marakanda bo‘lishi mumkin.

Olmaliqda ayollar yo‘lning qatnov qismini to‘sib qo‘ydi
30 aprel 2021, 15:59

Olmaliqda ayollar yo‘lning qatnov qismini to‘sib qo‘ydi

Olmaliq shahrida ayollar tomonidan yo‘lning qatnov qismi to‘sib qo‘yildi. Olmaliq kon metallurgiya kombinati mazkur fuqarolar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kvota olishganini ma’lum qildi.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi otishma butunlay to‘xtatildi. Vaziyat barqarorlashmoqda
30 aprel 2021, 15:37

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi otishma butunlay to‘xtatildi. Vaziyat barqarorlashmoqda

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi otishma butunlay to‘xtatildi. Tojikiston otishma sodir bo‘lgan Laylak viloyatidan hozirda buldozerlari olib tashlamoqda.

Sardoba fojiasining sabablari haqida rasmiy ma’lumot berildi
30 aprel 2021, 15:33

Sardoba fojiasining sabablari haqida rasmiy ma’lumot berildi

Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi sabablari haqida rasmiy ma’lumot berildi. Suv omborini loyihalashtirish, qurish va to‘g‘onning ekspluatatsiyasi jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun 17 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Dam olish kunlari o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
30 aprel 2021, 14:05

Dam olish kunlari o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun va ertaga ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Yakshanba kuni kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 29−32 darajagacha, janubda 34−37 darajagacha ko‘tariladi.

Yana 3 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi
30 aprel 2021, 13:37

Yana 3 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Talabalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangani sababli, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.

Mirza Azizovni davolashda xorijlik shifokorlar ham ishtirok etgan — SSV
30 aprel 2021, 13:33

Mirza Azizovni davolashda xorijlik shifokorlar ham ishtirok etgan — SSV

Publitsist Shuhrat Rizayev O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizovning sakkiz kishilik xonada yotgani, yaxshiroq shifoxonaga o‘tkazish bo‘yicha undan yordam so‘raganini ma’lum qilgan edi. SSV vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida artistni davolagan shifokorlar va uning turmush o‘rtog‘i fikr-mulohazalarini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, Mirza Azizovni xorijlik, jumladan, oxirgi marta rossiyalik professor-reanimatolog tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan va shu asosda muolajalar qilingan.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov muloqotni mustahkamlash yo‘llarini ko‘rib chiqishdi
30 aprel 2021, 13:28

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov muloqotni mustahkamlash yo‘llarini ko‘rib chiqishdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqotda mintaqaviy hamkorlikning muhim masalalari hamda Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish masalalarini muhokama qilishdi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
30 aprel 2021, 13:10

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qilishdi. Shavkat Mirziyoyev yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish va uning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlari erishgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatladi.

Miraziz Bozorovga hujum qilgan shaxsning fotoroboti e’lon qilindi
30 aprel 2021, 12:58

Miraziz Bozorovga hujum qilgan shaxsning fotoroboti e’lon qilindi

Miraziz Bozorov 110-maktab o‘qituvchilarining jamoaviy arizasi asosida «g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish» moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga aylandi. Hozirda u uy qamog‘ida. Mart oyi oxirida bloger LGBT faollariga qarshi namoyish kuni noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangan. Ichki ishlar boshqarmasi hujum qilgan shaxsning fotorobotini e’lon qildi.

Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘smirlarga hujum qilganlikda ayblangan to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi
30 aprel 2021, 12:33

Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘smirlarga hujum qilganlikda ayblangan to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi

Mart oyining oxirida Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘tkazilgan ruxsatsiz miting paytida o‘spirinlarni kaltaklaganlikda to‘rt kishi ayblanmoqda; ular sud boshlanguniga qadar uy qamog‘iga olingan. Tartibsizliklarda qatnashgan yana 27 kishining harakatlari ma’muriy huquqbuzarlik deb topildi.

Isroilda diniy bayram paytidagi tiqilinchda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi
30 aprel 2021, 11:43

Isroilda diniy bayram paytidagi tiqilinchda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Isroildagi Lag ba-Omer diniy bayrami paytida yuzaga kelgan tiqilinch natijasida 44 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu voqeani «dahshatli falokat» deb atadi.

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 150 milliondan oshdi
30 aprel 2021, 11:23

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 150 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 150 mln 133 mingdan oshdi, shulardan hozirgacha 87,2 mln inson COVID-19 dan tuzalgan, vafot etganlar soni esa 3 mln 162 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Shifoxonalarda COVID bilan kasallanganlar soni 3000 nafardan oshdi
30 aprel 2021, 10:42

Shifoxonalarda COVID bilan kasallanganlar soni 3000 nafardan oshdi

29 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 nafardan oshdi. Kun davomida 2 ta o‘lim holati qayd etildi. Ayni vaqtda COVID bilan kasallangan deyarli 3100 nafar kishi shifoxonalarda davolanmoqda. Emlash tezligi yanada oshirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting