Isroil shimolidagi Meron tog‘i hududida Lag ba-Omer diniy bayram paytida yuz bergan tiqilinchda kamida 44 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda The Times of Israel gazetasi shifokorlarga asoslanib xabar bermoqda.

Magen David Adom shoshilinch tibbiy yordam xizmati ta’kidlashicha, 18 nafar jabrlangannig ahvoli og‘ir, ikkitasi o‘rta darajada jarohat olgan va 80 nafari yengil darajada.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu voqeani «dahshatli falokat» deb atadi. «Jabrlanganlar sog‘lig‘i tiklanishi uchun duo qilinmoqda», — dedi u.

Lag Ba-Omer bayrami koronavirus cheklovlari bekor qilinganidan beri Isroilda birinchi ommaviy tadbir bo‘ldi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tadbirda 100 minggacha odam qatnashgan.