To‘qnashuv joylaridan texnika va og‘ir qurollar asl holatiga o‘tkaziladi. Bu haqda hukumatning Botken viloyatidagi vakolatli vakili Omurbek Suvanaliyev 24.kg ga xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat barqarorlashmoqda.

«Biroq, vaziyat butunlay yaxshilandi deyishga hali erta. Harbiy to‘qnashuvning oqibatlari juda og‘ir. Ta’kidlash joiz, tojikistonliklar Laylak viloyatidagi Arka qishlog‘idan buldozerlarni olib tashlashdi» , — dedi Omurbek Suvanaliyev.

Chegarada nizoli vaziyat 28 aprel kuni Botken viloyati, Ko‘k-Tosh qishlog‘idagi «Golovnoy» suv taqsimlash punkti hududida boshlangan. Tomonlar bir-biriga tosh otishni boshlashgan, so‘ng otishma boshlangan.

29 aprel oqshomida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy kuchlarni avvalgi joylashtirilgan joylariga olib chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Qirg‘izistonda 134 jabrlanuvchi tibbiy yordamga murojaat qilgan, 13 kishi vafot etdi, ular orasida bola ham bor.

Tojikistonda 90 kishi jabr ko‘rgan, 10 nafar fuqaro vafot etgan.