101 yoshli bemor otaxon koronavirusdan butkul sog‘ayib, o‘z uyiga ruxsat berildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, oqqo‘rg‘onlik urush va mehnat faxriysi fuqaro, F.N. 1920 yilda tug‘ilgan. Otaxon 20 aprel kuni Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga og‘ir ahvolda olib kelingan.

«1940 yil o‘z askarlik burchimni ado etish uchun harbiy xizmatga chaqirilib, 1945 yil Ikkinchi jahon urushidan g‘alaba bilan qaytgandim. Urushdan so‘ng ko‘p qiyinchiliklarni boshimdan o‘tkazdim. Shukrki, Yaratgan mana shunday go‘zal kunlarga yetkazdi», — deydi 101 yoshli otaxon.