Bugun respublika hududi bo‘yicha harorati 30−35 daraja, janubda 37−38 daraja bo‘lgan asosan kam bulutli va issiq ob-havo bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Seshanba kuni osmonni bulutlar qoplaydi, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelishi boshlanadi.

5 mayda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 6 mayda respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

4−6 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi.

Juma kuni momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida saqlanib turadi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi va kechasi 12−17° ni, kunduzi 25−30° ni tashkil etadi.