Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan, 2 may kuni Turkiya Respublikasiga koronavirus infeksiyasi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hukumat farmoyishiga asosan, «Uzbekistan Airways» tomonidan ajratilgan yuk samolyotida Istanbul shahriga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazib berildi, deyiladi xabarda.

Bundan avval, 1 may kuni Hindistonga insonparvarlik ko‘magi yetkazilgan edi.